Munxendagi drama: “AQSh boshchiligidagi global tartib tugadi”

Bu yilgi Munxen xavfsizlik konferensiyasi amerikaliklar haqidagi salbiy stereotiplarga qat’iy muvofiq ravishda o‘tkazilmoqda.
Sputnik

Bu yilgi Munxen xavfsizlik konferensiyasi amerikaliklar haqidagi salbiy stereotiplarga qat’iy muvofiq ravishda o‘tkazilmoqda. Agar juda ko‘pirtiradigan bo‘lsak, unda bu salbiy stereotip bizga o‘zini qanday tutishni bilmaydigan, ishbilarmonlik muzokaralarini oyoqlarini stol ustiga qo‘ygan holda olib boradigan, dafn marosimida hazil-mutoyibalarni aytib beradigan va sevimli koltini tortishuvda asosiy dalil sifatida ishlatadigan o‘ziga xos kovboy obrazini chizib beradi. Biz bu bo‘rttirilgan salbiy stereotip ekanligini ta’kidlaymiz va shunga o‘xshash stereotiplar har qanday millatga tegishli bo‘lishi mumkin, ammo bir nozik tarafi bor: Munxenda aynan shunday kovboy-diplomat, Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari, hozirda esa AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo nutq so‘zladi. Amerika diplomatiyasi boshlig‘ining qiyofasini to‘ldirish uchun faqat kovboy shlyapasi, pixli etik va bir stakan viski yetmayotganday go‘yo: davlat kotibining bashang kostumi uning ritorikasiga mutlaqo zid edi.

Mashhur bankir Rossiyaga AQShni yo‘q qilishning oson yo‘lini taklif qildi

Aslini olganda, Pompeo chindan ham dafn marosimida jilmayib, optimizm bilan xursand bo‘lib yurdi -, dafn marosimida hazillashdi - 2020-yilgi Munxen Xavfsizlik Konferensiyasida rasmiy e’lon qilingan mavzu va leytmotiv "G‘arbsizlik" (Westlessness) edi.

Xalqaro (ya’ni, Amerika-Yevropa) konferensiya tahlilchilarining guruhi, uning boshlanishidan oldin e’lon qilingan va konferensiyaning ohanglari va maqsadlarini belgilash uchun tayyorlangan maxsus ma’ruzasida, G‘arbiy kollektiv o‘zining nufuzini, o‘ziga xosligini, umumiy qadriyatlarini yo‘qotayotganligini ko‘rsatdi -  va endi dunyo qanday bo‘lishini o‘ylash vaqti keldi, kollektiv G‘arbning mavqeyi bugungi kunga nisbatan sezilarli darajada kamaygan dunyoda.

Endi esa konferensiya sahnasida aslida G‘arb mafkurasi, G‘arb qadriyatlari, G‘arb ittifoqlari va G‘arbga asoslangan dunyoning tanazzuliga bag‘ishlangan konferensiyada AQSh davlat kotibi kirib keladi va jasorat bilan "G‘arb g‘alaba qozonmoqda" deb bayonot beradi.

France-Presse axborot agentligi Vashington diplomatiyasi rahbari pozitsiyasini takrorlaydi:

"Zarba berishga tayyorlanmoqda": NATO nima uchun Shimoliy Makedoniyaga kirib olmoqda

“AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo shanba kuni Vashingtonning global maydondan chekinishi haqidagi Yevropaning pessimizmini translatlantik munosabatlarning o‘limi “ortiqcha bo‘rttirilgan” deya rad etdi. "G‘arb g‘alaba qozonmoqda, biz birgalikda g‘alaba qozonmoqdamiz”, - dedi Pompeo Munxen xavfsizlik konferensiyasida. <...>  Transatlantik alyansning o‘limi juda bo‘rttirilganini xabar qilishdan mamnunman”, - dedi u Mark Tvenning taniqli iqtibosini o‘zgartirilgan holda keltirib. <...>  U Rossiyaning hududiy ambitsiyalaridan kelib chiqadigan tahdidlarga, Janubiy Xitoy dengizidagi Xitoyning harbiy qudratiga va Eronning Yaqin Sharqdagi mojarolar orqali o‘tkazayotgan "terrorchilik kampaniyalari"ga qarshi birgalikda ishlash zarurligini ta’kidladi.

Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq rahbarining bu so‘zlarining kulgili tomoni, Amerika tomonidan Suriya, Shimoliy Koreya, Qrim va hatto Eron yo‘nalishidagi harakatlarning natijalari  noaniqligini ko‘rish osonligida emas. Qizig‘i shundaki, Yevropa Ittifoqining noroziligi va jamoaviy G‘arbning o‘limi haqidagi bayonot Pompeoning javob berishga uringan ayblovlari bilan umuman bog‘liq emas.

Germaniya prezidenti Shtaynmayer (uni rus propaganda tezislaridan iqtibos keltirishda gumon qilish umuman nojoiz) muammoni quyidagicha keltirgan (CNBC iqtibosi):

“Bizning eng yaqin ittifoqchimiz - Amerika Qo‘shma Shtatlari, hozirgi (prezident – tahr.) ma’muriyat xalqaro hamjamiyatning g‘oyasini rad etadi", - dedi u. "Yana buyuk", lekin qo‘shnilar va sheriklar hisobiga" - Shtaynmayer Trampni ismini aytmay, balki uning o‘z saylovoldi kampaniyasining "Amerikani yana buyuk qilamiz" shioriga asoslangan holda gapirib qo‘shib qo‘ydi.

Shtaynmayerning ushbu pozitsiyasi diplomatik nemis tilidan pragmatik rus tiliga tarjima qilishni talab qiladi: AQSh butun dunyoning hisobiga buyuk edi, Yevropa bu bir qutbli (yoki Sovuq urush davrida ikki qutbli) dunyoning ba’zi bonuslaridan AQShning o‘zi bilan birga foydalangan, ammo endi Yevropani o‘zini okean orti hamkorlari boshqa dunyo bilan birga tunashga harakat kilayotgani ma’lum bo‘ldi. Endi Berlin va Parijda tabiiy savol tug‘iladi: "AQSh bizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan G‘arblilikning bizga nima keragi bor?" Javob ravshan: bunday "G‘arbiyliylik" endi kerak emas va avvallari yaxshiroq bo‘lgan deya nolishni boshlash mumkin, ammo o‘tgan kunlarni qaytarib bo‘lmaydi.

Konferensiyada qatnashgan dunyodagi eng yirik Eurasia Group siyosiy konsalting kompaniyasining asoschisi, amerikalik siyosatshunos Yan Bremer konferensiya haqidagi fikrlarni qisqa tvitda sarhisob qildi:

Britaniya YeIdan chiqdi. Endi uni kechirishmaydi va qasos olishadi

“AQSh boshchiligidagi global tartib tugadi. Endi u qaytmaydi”.

Vashingtonning siyosatidagi o‘zgarishlarni kutib turgan Yevropalik optimistlar qilgani kabi hozirgi vaziyat Tramp ma’muriyatining xalqaro munosabatlarda va Yevropa Ittifoqi yoki Buyuk Britaniya bilan munosabatlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan, ruxsat etilgan va orzu qilingan narsalar haqidagi noyob qarashlari bilan bog‘liq deb hisoblash mumkin. Ammo Vashington - Berlin va Vashington - Parij yo‘nalishidagi munosabatlar muammo Trampda va uning ma’muriyatida emas, balki AQSh o‘z muammolarini "kollektiv G‘arbdan tashqari" mamlakatlar hisobidan hal qilish qobiliyati tushib ketdi. Ammo AQShning o‘zining tarkibiy iqtisodiy muammolari (masalan, AQSh prezidentini havotirga solayotgan - savdo balansi va budjet – ikki tomonlama defitsiti) yo‘qolmadi, aksincha kuchayib ketdi. vaholanki, Vashingtonning Yevropa Ittifoqini NATOni qo‘llab-quvvatlashi uchun yiliga taxminan 370-380 milliard dollar to‘lashga majbur qilishi (ya’ni Amerika armiyasini moliyalashtirish uchun), to‘satdan vujudga kelgan ochko‘zlikdan emas, balki bu Vashington nuqtayi nazaridan vaziyatdan chiqishning eng yaxshi yo‘lidir.

Shunga o‘xshash mantiqni Yevropa Ittifoqining o‘zi bilan savdo urushlari va Trampning Yevropaning Airbus konsernini "bo‘g‘ish" urinishlari yoki nemis avtomobil ishlab chiqaruvchilariga nisbatan tariflar (aslida sanksiyalar) tahdidi misolida ham ko‘rish mumkin. Bu yerda gap to‘satdan paydo bo‘lgan iqtisodiy jingoizmda emas, balki o‘z iqtisodiyotini qutqarishning keskin iqtisodiy zaruriyati, buning uchun Tramp hatto Pekin yoki Brussel bilan ham urushlar (xozircha iqtisodiy) olib borishga tayyor. Aynan shuning uchun Munxendagi yevropaliklar sog‘inib qolgan, markazi Amerika hisoblangan qulay dunyo endi qaytmaydi.

Shu nuqtayi nazardan, Yevropa Ittifoqi rahbarlari tashqi siyosatga ta’sir etuvchi ikkita muhim omilni: "yevroatlantik birdamlik" va "iqtisodiy maqsadga muvofiqlik"larni o‘zgacha baholay boshlaydilar. Vashington bilan birdamlik qadrlanishi zaiflashapti va xudbin iqtisodiy manfaatlarning roli o‘sib bormoqda. Aynan shu nuqtayi nazardan, Emmanuel Makronning Rossiya bilan munosabatlari haqidagi so‘zlarini izohlash kerak:

"Bizda muzlatilgan mojarolar, ishonchsizlik tizimi, kiberxavfsizlik sohasidagi mojarolar, Rossiyada mutlaqo o‘zgartirishlarga olib kelmagan sanksiyalar to‘planib qolgan. Men ularni olib tashlashni taklif qilmayman, men faqat ta’kidlab o‘tmoqdaman. Bizning sanksiyalarimiz va kontrsanksiyalar Rossiyagava  Yevropaliklarga shunchalik qimmatga tushmoqda-ki, natijalarini o‘ta ijobiy deb bo‘lmaydi”, - dedi Makron.

Biroq, munosabatlarning qandaydir darajada normallashishi hali-hanuz juda uzoqdir. Xozirda Yevropa hali ham o‘zining fundamental manfaatlarini himoya qilishga urinmoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqi “Shimoliy Oqim-2”ni blokirovka qilishdan bosh tortmoqda, Yevropa Ittifoqidagi Amerika internet kompaniyalari faoliyatiga soliq solishga tayyorlanmoqda, Huawei (AQSh sanksiyalari ostiga tushgan va Munxenda Pompeo shaxsan koyigan) bilan hamkorlik qilishga tayyorligini namoyish etmoqda va agar amerikaliklar Airbus yoki Yevropa avtomobil konsernlarini "bo‘g‘ib qo‘yishga" harakat qilsalar, AQShga tariflar bilan tahdid (aslida sanksiyalar bilan) solmoqda. Yevropa Ittifoqidan tashqarida o‘z siyosiy imo-ishoralarga va o‘z siyosatlarini targ‘ib qilishga Berlin va Parijga hali kuch va iroda yetishmayapti.

G‘arb ekspertlari "G‘arbni xarob qilish"da Putinga kim yordam berayotganini aytishdi

Biroq, Yevropaning barcha muammolari, xatolari, qiyinchiliklari va xavf-xatarlariga qaramay, Vashingtondan ajralib, o‘z yo‘lidan borishga urinishlari yana davom etadi. Yan Bremer to‘g‘ri ta’kidlaganidek, "hatto xavfsizlik va boshqa masalalarda o‘z" uchinchi yo‘lida"harakat qilishga urinish ham Yevropa uchun nihoyatda muhimdir: va butun dunyoga Yevropa yiqilmasligini, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi urushda Yevropa arosatda qolib ketmasligini va Yevropa haligacha o‘z ahamiyatiga ega ekanligini isbotlash".

Yevropa muhim ahamiyatga egami? Dunyo siyosatining kechagi aksiomasi jimgina ochiq savolga aylandi va bu Yevropa uchun bu juda yoqimsiz hissiy kashfiyot. Bu chaqiriqqa javob izlashni kuzatish yanada qiziqroq bo‘ladi. Yevropaning mustaqilligini hech bo‘lmaganda minimal darajada qadrlaydigan yevropalik rahbarlarning qisman beso‘naqay harakatlariga qaraganda, rus shoiri tomonidan kuylangan “g‘amgin nemis dahosi” va “o‘tkir gallcha ma’no” shuni taqozi qiladi-ki, Yevropaning ozodligi kalitlarini Pekinda va, albatta, Moskvada izlash lozim.