Diamond Princess kemasida rossiyalik koronavirus yuqtirib oldi

Kema 5-fevraldan buyon Iokogamada ikki haftalik karantinda turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, unda COVID-2019ni yuqtirganlarning umumiy soni 450 kishidan oshgan.
Sputnik

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Yaponiyaning Iokogama portida karantinda turgan Diamond Princess sayohat kemasidagi rossiyalik ayolda  COVID-19 koronavirusi aniqlandi. Bu haqda Rossiyaning Tokiodagi elchixonasi xabar qildi.

Rossiyada koronavirus bilan kasallangan ikkala bemor ham tuzalib ketdi

Ta’kidlanishicha, rossiyalik tez orada kasalxonaga yotqiziladi va u yerda davolanadi.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgani va bundan keyin ham fuqarolarga zaruriy yordam ko‘rsatishda davom etishini qayd etgan.

Kema 5-fevraldan buyon Iokogamada ikki haftalik karantinda turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, unda COVID-2019ni yuqtirganlarning umumiy soni 450 kishidan oshgan. Bortda jami 3,4 ming kishi bor. Kemadagi rossiyaliklar orada bu birinchi aniqlangan holat sanaladi.