O‘zbekistonda 10 nafar rektor ishdan olindi

“Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. “Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

O‘zini-o‘zi moliyalashtiradigan oliygohlar korrupsiyadan himoya qilinadi

Qarorga muvofiq, quyidagilar:

-  Alisher Yusubjanovich Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shavkat Safarovich Sharipov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Shavkat Safarovich Sharipov Jizzax davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Abdugani Jumanazarovich Xolbekov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Baxodir Boypulotovich Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Baxtiyor Xudayberdiyevich Daniyarov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Muzaffar Xoshimovich Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

- Botir Shukurillayevich Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shuxrat Axmadjanovich Mutalov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Azamat Muxitdinovich Shamsiyev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

O‘zbekistonda yana bir Rossiya oliygohi filiali ochiladi

-  Jasur Alimdjanovich Rizayev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent davlat stomatologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

-  Orifjan Shadiyevich Bazarov Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nazirila Nasimxanovich Maxmudov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Sharibboy Tulanovich Ergashev Namangan muhandislik-qurilish institutining  rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Shukurjon Sharipovich Kenjaboyev ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Mamirjon Yusupovich Atadjanov Qo‘qon davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Azizjon G‘ulomjonovich Eminov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

-  Abdullajon Kadirovich Xamrakulov Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali ijrochi direktori - Filial direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.