Neft narxi tushib ketmoqda, sabab koronavirus - ekspert fikri

Neft eksport qiluvchi davlatlar vakillarining favqulodda yig‘ilishida qaysi jihatlar diqqat markazida bo‘ladi, bu haqda energetika bo‘yicha ekspert Vacheslav Kulagin mulohaza yuritdi.
Sputnik

OPEK + formatida favqulodda yig‘ilish (neft eksport qiluvchi davlatlar va Rossiya) 14-15 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Jahon narxlari 2020-yil boshidan beri minimal darajaga tushib ketdi, buning sabablaridan biri Xitoyda neft iste’molining kamayishi hisoblanadi.

Bunaqasi bo‘lmagan: koronavirus tufayli suyultirilgan gaz narxi keskin tushib ketdi

Rossiya Fanlar akademiyasining Energetik tadqiqotlar institutining Jahon va Rossiya energiya komplekslarini tadqiq qilish bo‘limi boshlig‘i, Oliy Iqtisodiyot Maktabining narxlarni belgilash va Narhlarni belgilash muammolari va tabiiy monopoliyalarni tartibga solish Instituti Energetik tadqiqotlar markazi direktori Vacheslav Kulagin Sputnik multimedia matbuot markazida narxlarga yana nimalar ta’sir ko‘rsatishi haqida gapirib berdi.

"Bozorga Venesuela yordam berdi (beixtiyor yordam berdi), Venesuyela ishlab chiqarishni sezilarli darajada kamaytirdi va shuningdek, Liviyadagi mavjud bo‘lgan noaniqlik ham. Hozirgi hajmlar jangovar harakatlardan oldingi darajadan ancha past ekanligi ayon. Ko‘pchilik Eronni tark etishini kutishgan edi, ammo u tark etmadi. Albatta, AQSh sanksiyalarisiz bo‘ladigan imkoniyatlardan kamroq imkoniyatlar mavjud, ammo ular nisbatan barqaror darajaga yetdi ”, - dedi ekspert.

20 yil qoldi - neft tugaganidan keyin nima bo‘ladi?

Uning so‘zlariga ko‘ra, natijada so‘nggi yillarda ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirgan AQSh yutuqlarga erishdi. Bunda ushbu neftni eksport qilishni ta’minlash uchun transport tuzilmasi yanada rivojlantirilmoqda. Ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qodir bo‘lgan Norvegiya va Buyuk Britaniya ham ijobiy tomonga siljidi. Ammo Xitoyda talabning pasayishi koronavirus tufayli transport oqimining qisqarishi bilan bog‘liq.

"Virus nafaqat Xitoyni, balki qo‘shni davlatlarni ham qamrab olmoqda. Va u yerda transport oqimlari ham pasaya boshladi. O‘ylashimcha, biz bu yil Rossiyada ham salbiy dinamikani ko‘ramiz. Buning oqibatlari talabga ko‘ra Xitoy bilan chegaralanmaydi, ular ancha kengroq", - dedi Kulagin.

Bizning podkastimizda Rossiya Fanlar akademiyasining Energetik tadqiqotlar instituti Jahon va Rossiyaning energiya kompleksini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i Vacheslav Kulaginning sharhlarini tinglang.