Xitoy mudofaa vazirligi kibero‘g‘irlik ayblovi yuzasidan AQShga protest bildirdi

"Amerika tomonining ushbu harakatlari hech qanday asosga ega emas, bu ustunlikning namoyishi va sud ta’qibidir, shu munosabat bilan Xitoy bunga qarshi keskin protest bildiradi va bu qarorni qoralaydi", - deyiladi Xitoy mudofaa idorasi bayonotida.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Xitoy mudofaa idorasi mamlakatning to‘rt nafar fuqarosiga kibero‘g‘irlik ayblovi qo‘yilishi munosabati bilan payshanba kuni amerika tomoniga norozilik bildirdi. Ushbu fuqarolar Xitoy xalq-ozodlik armiyasi harbiy xizmatchilari ekanligi taxmin qilingan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

AQSh razvedkasi Rossiya va Xitoyni asosiy tahdidlar ro‘yxatiga kiritdi

"Amerika tomonining ushbu harakatlari hech qanday asosga ega emas, bu ustunlikning namoyishi va sud ta’qibidir, shu munosabat bilan Xitoy bunga qarshi keskin protest bildiradi va bu qarorni qoralaydi", - deyiladi Xitoy mudofaa idorasi bayonotida.

Qayd etilishicha, "Xitoy xalqaro kiberxavfsizlikning sabotli himoyachisi bo‘lib, Xitoy har qanday shakldagi kiberjinoyatlarga qat’iy qarshi turadi va ularga qarshi qonuniy asosda kurashadi, xitoy armiyasi esa maxfiy ma’lumotlar kibero‘g‘irligida hech qachon ishtirok etmagan".

Bayonotda shuningdek, AQSh hukumati va tegishli organlar uzoq vaqtlar davomida xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy normalariga zid ravishda chet el hukumatlari, korxonalar va alohida shaxslarga nisbatan yirik ko‘lamli, uyushgan kiberjinoyatlar, josuslik va kuzatuvlarni amalga oshirishganligi ta’kidlangan.

SRU shpionaj uchun tayyorlangan kabutar va mushuklar to‘g‘risidagi hujjatlarni oshkor qildi

Shuningdek, bayonotda AQSh hali ham WikiLeaks va Edvard Snouden hodisalari bo‘yicha xalqaro hamjamiyatga tushuntirish bermaganligi iddao qilingan.

"AQSh kiberxavfsizlik masalalarida ikkitalik standartlarga tayanadi, ular munofiqlarcha harakat qilmoqda. Biz AQSh o‘z xatolarini zudlik bilan tuzatishlarini, ilgari surilgan ayblovlarni olish tashlashlarini talab qilamiz, toki bu holat ikki davlat va ularning qurolli kuchlari o‘rtasidagi munosabatlarga bundan keyin ziyon yetkazmasin", - deb qayd etadi idora.

Sal oldin AQSh bosh prokurori Uilyam Barr Equifax burosi kompyuterlarining buzilishi va kreditorlar tarixi hamda shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi munosabati bilan to‘rt nafar xitoylik xakerlarga ayblov e’lon qilgan edi. Vashingtonda ularni XXOA harbiy xizmatchilari, deb hisoblaydilar. Bosh prokuror ma’lumotiga ko‘ra, jinoyat 2017-yilda sodir etilgan va tarixda shaxsiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishiga oid yirik jinoyat sanaladi.