Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishida muntazam poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Endilikda vodiy viloyatlaridan mazkur yo‘nalishdagi MDH mamlakatlariga boradigan yo‘lovchilar Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon va Pop vokzallaridan jo‘nashlari mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Andijon – Ufa – Andijon xalqaro yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining muntazam qatnovi boshlanadi..Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, №№371/372-sonli Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining muntazam qatnovi kecha soat 20: 15 da boshlangan.

Toshkent-Omsk yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Endilikda vodiy viloyatlaridan mazkur yo‘nalishdagi MDH mamlakatlariga boradigan yo‘lovchilar Andijon,  Marg‘ilon,  Qo‘qon va Pop vokzallaridan jo‘nashlari mumkin. 

Chiptalarni joylardagi chiptaxonalaridan xarid qilish mumkin yoki electron tarzda e-ticket@railway.uz sayti va uning mobil ilovalari orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2019-yil oxiri va 2020-yil boshlarida Moskva va Ufaga yangi qatnovni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar qilingan edi.