Tadbirkor o‘margan gazi uchun davlatga 309 mln so‘m to‘ladi

Tezkor tadbirda tadbirkor to‘yxona, mexmonxona, oshxona, sauna va nonvoyxonalarini gaz hisoblagichdan tashqari yashirin holatdagi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab, foydalanayotganligi fosh qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanidagi yirik korxona rahbari M.T. o‘g‘irlagan gazi uchun davlatga 309 mln. so‘m to‘ladi. Bu haqda Majburiy ijro burosining Farg‘ona viloyati boshqarmasi xabar qildi.

MIB 80 dan ortiq xodimning ish haqlarini undirib berdi

Qayd etilishicha, unga tegishli ko‘chmas mulklarda o‘tkazilgan o‘rganishda tadbirkor to‘yxona, mexmonxona, oshxona, sauna, bouling klubi va nonvoyxonalarini gaz hisoblagichdan tashqari vizual aniqlab bo‘lmaydigan yashirin holatdagi baypas liniyasi orqali gaz so‘rg‘ich bilan gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab, foydalanayotganligi fosh qilingan.

Mutaxassislar tadbirkor davlatga 309 mln. 93,8 ming so‘m ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilganligini aniqlashgan va bu belgilangan tartibda undirib olingan.