TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. AQSh suv osti kemalarini kam quvvatli atom zaradlarini o‘rnatilgan Trident ballistik raketalari bilan jihozlay boshladi. RIA Novosti Amerika olimlar federatsiyasi (FAS) xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ana shunday raketalar bilan qurollangan "Tennessi" suv osti kemasi 2019-yil oxirida Jorjiya harbiy bazasidan Atlantik okeaniga chiqqan.
Kam quvvatli atom zaradlarini yaratilayotgani haqida Donald Tramp 2018-yil boshida xabar qilgan edi. Uning fikriga ko‘ra kam quvvatli taktik atom quroli Rossiyani “ushlab turishga” xizmat qiladi.
FAS xabariga ko‘ra, “Tennesi” suv osti kemasida 20ta raketa mavjud bo‘lib, ulardan bir-ikkitasi yangi kam quvvatli atom zaradi W76-2 nomli boyegolovka bilan jihozlangan. Ushbu “jangovar kallalari”dan har biri 5 kilottonna quvvatga ega. Tennesi kemasidagi qolgan zaradlar odatiy strategik atom quroli bo‘lib ularning quvvati 90 kilotonnadan. Har bir raketada ana shunday boyegolovkalardan 8tagacha bo‘lishi mumkin, deb yozadi olimlar.
Amerikalik harbiylar ta’kidlashiga ko‘ra, bunday raketalar “AQShning hududiy ushlab turish quvvatini oshiradi hamda odatiy strategik qurollar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda, foydalanish imkonini beradi”.
FAS mutaxassilari aytishiga qaraganda bugungi kunda AQShda 1 mingtaga yaqin kam quvvatli atom zaradga ega bo‘lgan raketalar mavjud. Ular B-52 bombardimonchi samolyotlaridagi qanotli raketalar va aviabombalarga o‘rnatilgan.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Rossiya so‘nggi yillarda o‘z havo himoyasini kuchaytirgan va o‘z hududiga bombardimonchi samolyotlar kirib kelishidan yaxshi himoyalangan. Bu ham kam quvvatli atom zaradlari suv osti kemalariga o‘rnatilishining yana bir sababi bo‘lishi mumkin.
“Bularning barchasi “sovuq urush” davrlarini eslatadi. O‘shanda ham har qanday kam quvvatli atom raketasini dushman tomonni “ushlab turish” uchun “yashin tezligida” foydalanish mumkin, deb oqlashga harakat qilishar edi. Endi bo‘lsa yangi W76-2 AQShga yanada samaraliroq “ushlab turish” chorasi, deb baholashmoqda Amerika olimlari federatsiyasi.
Lekin masalaning bir tomoni bor – Trident raketasi suv osti kemasidan uchirilganda uning ballistik yoki taktik atom zaradiga ega ekanligini bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun Rossiyaga qarshi kam quvvatli atom zaradlarini ishlatib bo‘lmaydi, deb yozadi FAS mutaxassislari.
Amerikalik mutaxassilar fikriga ko‘ra kam quvvatli atom zaradlarini KXDR yoki Eronga qarshi ham ishlatish mumkin. Undan tashqari AQShning yadroviy strategiyasida “AQShning yadroviy yoki noyadroviy strategik hujumlarga qarshi imkoniyatlarini kengaytirish kerak”, deyilgan. Bu AQShga birinchi bo‘lib yadroviy zarba berish imkonini beradi.