O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilmoqchimi?

Yevroosiyo analitika klubi rahbari Nikita Mendkovichga ko‘ra, O‘zbekiston 2020-2021 yillar davomidayoq YeOIIga kuzatuvchi sifatida qo‘shilishi mumkin.
Sputnik

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligi haqida qator bayonotlar qildi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, mamlakat ittifoqqa qo‘shilishning ijobiy va salbiy tomonlarni o‘rganish uchun dastlab kuzatuvchi sifatida qo‘shilishni rejalashtirayotgan, shundan so‘nggina unga batamom a’zo bo‘lish masalasi parlament tomonidan uzil-kesil hal etilishi lozim.

YeOII erkin savdo hududini kengaytirmoqda

Tashqi ishlar vazirligi va respublika asosiy siyosiy partiyalari vakillarining sal oldin yangragan bayonotlarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonning ittifoqqa qo‘shilish ehtimolini juda katta, deya baholash mumkin.

Bilamizki, 2016-yilga qadar respublikaning YeOIIga qo‘shilishi ahamiyatsiz sanalgan, biroq amaldagi prezident davrida bu masalani yana muhokama qilina boshladi. Va buning uchun o‘ta jiddiy sabablar mavjud.

Ijtimoiy-iqtisodiy chaqiriqlar ahamiyati

Iqtisodiyot sohasida ma’lum yutuqlarga qaramay, Toshkent oxirgi yillarda jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy xatarlarga duch kelmoqda.

Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi o‘n yilda respublika aholisi soni yiliga o‘rtacha 680 ming kishiga o‘smoqda. Shu davr ichida ish joylarining o‘sishi o‘rtacha 220 ming ish o‘rinni tashkil qildi, 2010-yil oxiriga kelib, mehnat bozorining rivojlanish sur’ati deyarli ikki baravarga kamaydi. Ya’ni, ishsiz yoshlar soni yiliga 460 mingga ko‘paymoqda.   

"Adolat" yetakchisi xalq sudi, muhojirlar, shifokorlar himoyasi va YeOII nozik jihatlari haqida

Mehnat migratsiyasi va o‘lim holatlari hisobiga bosim darajasining bir qismi pasayadi, ammo O‘zbekistonning iqtisodiy faol aholisi soni o‘sishi 280 ming kishiga yetmoqda. 

Rasmiy ishsizlik darajasi o‘n yilda 5 foizdan 9,3 foizga oshdi, bu jiddiy ijtimoiy chaqiriq hisoblanadi. Muammo yaqin besh yil ichida hal etilishi yoki hech bo‘lmaganda yengilashtirilishi zarur.  

Mehnat bozori har kuni, dam olish kunlarisiz, 1,4-1,5 ming ish o‘rinlarini yaratishni talab qilmoqda, bu esa mavjud sharoitlarda – o‘ta jiddiy masala. 2019 yilda bandlikni ta’minlash dasturi doirasida, O‘zbekiston prezidenti kuniga mingga yaqin ish o‘rinlarini (ularning 50 foizi vaqtinchalik va mavsumiy) tashkil etish haqida topshiriq bergandi, ammo Davlat statistika qo‘mitasining to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlariga ko‘ra, haqiqatda atigi 250-260 ish o‘rinlari yaratildi.

O‘zbekiston rahbariyati vaziyatni o‘zgartirish uchun bir vaqtning o‘zida respublika ichida ishlab chiqarishni va chet elga ishchi kuchini eksportini oshirishi kerak.

Jamshid Qo‘chqorov YeOII haqida: agar foydali bo‘lsa, qo‘shilamiz

So‘nggi yillarda mamlakatning tashqi savdo balansi defitsit holatida. 2019-yilda 6,4 milliard dollarni, 2018-yilda esa - minus 5,4 milliardni tashkil etdi. Savdo defitsitining asosiy sababi – chuqur qayta ishlash milliy sanoat tarmoqlari, xususan avtomobil sanoatining raqobatbardoshligi pasayishida (10 yilda 8,8 %dan 1,5%gacha tushdi), buni xom ashyo va qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini oshirish bilan qoplab bo‘lmayapti. Hozir YeOII bozoriga kirish maqsadida, O‘zbekiston avtomobil sanoatining bir necha yig‘uv korxonalarini Qirg‘iziston hududiga olib chiqishni rejalashtirmoqda.  

Muammo mavjudligini rasmiylar ham tan olmoqda. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov 2019-yil dekarbda YeOII borasidagi muhokamalarda: “Bizga bozor, hudud kerak. Bu hudud qayerda? Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘izistonda... Shuning uchun men ochig‘ini aytaman – men a’zolik tarafdoriman”, degan edi. Ne’matov YeOIIning Yevropa muqobili varianti bo‘yicha tanqidiy fikrdaligini bildirgan edi: "Yevropa ittifoqi bilan normal munosabatlarga egamiz ... Ammo u yerda tovarlarimizni kutishmaydi. Shu bois, O‘zbekiston YeOIIda ishtirok etishi kerak, degan fikrdaman".

Ishchi kuchi eksportini kengaytirish ham qabul qiluvchi mamlakatlar qonunlari bilan cheklanmoqda. Rossiyada hozirgi kunda 2,2 millionga yaqin o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bor va ulardan atigi 10 foizi legal maqomiga ega. Asosiy sabab – imtihonga tayyorgarlik ko‘rish va patent to‘lovlari bilan bog‘liq. Respublika maxsus migratsiya markazlari va migrantlar uchun o‘quv kurslarni tashkil qilish orqali vaziyatni yaxshilashga harakat qilmoqda, biroq bu choralarning samaradorligi hali aniq emas.

YeOIIga qo‘shilish Rossiya va Qozog‘iston bozoriga chiqishdagi savdo to‘siqlarini kamaytirish, shuningdek, ittifoqqa a’zo bo‘lgan mamlakatlarda o‘z migrantlarini legallashtirish imkoniyatini berardi. Bundan tashqari, Qirg‘iziston tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, YeOIIga a’zolik Rossiya bozorida talabgir bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantiruvchi investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini berardi.

Ham YeOII, ham Yevropa

Hukumat yuzaga kelgan vaziyatni yaxshi tushunmoqda, shuning uchun ham YeOII bilan hamkorlik strategik hujjatlarda o‘z aksini topgan.

YeOII doirasidagi munosabatlar davlatlarga bebaho tajriba beradi - Migranyan

Masalan, O‘zbekistonni 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlashtirish konsepsiyasida (prezident 2019-yil oktabrda imzoladi):

-2019-2021 yillarda YeOII va boshqa qator davlatlar bilan erkin savdo bitimlarini imzolash orqali tashqi savdoni kengaytirish;

-2022-2025 yillar davomida mamlakatning EOII va JSTga kirish masalasini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi.

Yaqin vaqtgacha Toshkentning YeOII bilan integratsiyasi G‘arb bilan munosabatlarni yomonlashishiga olib kelishi mumkin, degan havotir mavjud edi, ammo Yevropa ittifoqi vakili Piter Burianning bayonotidan so‘ng endi bu xavf kamaymoqda: u respublikaning JST va EOIIga parallel ravishda kirishi o‘rtasida hech qanday ziddiyatlarni ko‘rmayotganini ta’kidlagan edi.

"Biz Markaziy Osiyoning ko‘plab davlatlari YeOIIga a’zo ekanligi guvohimiz... Umumiy qoidalarga asoslangan integrallashuv – faqatgina olqishlanadi", - deb ta’kidlagandi u 2019-yilning dekabrida.

Yevropa ittifoqi Toshkentning YeOII va JSTga qo‘shilishida muammoni ko‘rmayapti

Burianning pozitsiyasi Yevropa ittifoqining yangi mintaqaviy strategiyasiga va Yevrosiyo ittifoqi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatdan voz kechish siyosatiga to‘liq mos keladi, bu esa O‘zbekistonga ham Yevropa, ham Yevroosiyo hamkorlari bilan munosabatlarni erkin rivojlantirish imkonini beradi.

Brusseldan farqli ularoq, Vashington o‘z nazoratida bo‘lgan ayrim nodavlat notijorat tashkilotlari va OAVlar orqali Toshkentga bosim o‘tkazishda davom etmoqda, O‘zbekiston siyosiy elitasi YeOIIga a’zolik to‘g‘risidagi qarorni hotirjam va chuqur sarhisob qilgan holda qabul qilishi uchun imkoniyat bor.

O‘zbekiston jamoatchiligi ham Yevroosiyo kursini qo‘llab-quvvatlamoqda, bu 2019-yil parlament saylov kampaniyasi ko‘rsatdi. Liberal-demokratik partiya vakillari YeOII bilan hamkorlik ularning saylovoldi platformasining bir qismi ekanligi va bu g‘oyadan tashviqotlarda foydalanganliklarini aytishdi. XDP, Ekologik partiya va “Adolat” ham debatlarda ittifoqqa a’zo bo‘lish kerakligi haqida fikr bildirishdi. “Milliy tiklanish” vakillari esa YeOII haqida ehtiyotkorlik bilan gapirib, faqatgina ittifoqni o‘rganish lozimligi haqidagina gapirishdi.  

Saylov natijalariga ko‘ra, Liberal demokratik partiya, “Adolat”, “Ekoloklar” va XDP 150 o‘rindan 114 mandatni oldi, “Milliy tiklanish” esa 36 o‘rin oldi, biroq O‘zLiDepdan so‘ng ikkinchi o‘rinda. Shunday qilib, hozirda O‘zbekiston ijtimoiy makonida Yevrosiyo vektori hukmronlik qilayotganga o‘xshaydi.

Qo‘shilish shartlarini ishlab chiqish bo‘yicha harakatlar jiddiy ahamiyatga ega

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2020-2021 yillar davomida O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi sifatida qo‘shilishi va ittifoq bilan erkin savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim tuzishi mumkin.

Bir vaqtning o‘zida tegishli vazirliklar, shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va prezident administratsiyasi huzuridagi tahlil markazlari qo‘shilish oqibatlarini tahlil qilish va o‘tish davri shartlarini qamrab oluvchi shartnomani tayyorlashi kerak. Bu ko‘p jihatdan Armaniston va Qirg‘iziston tajribasiga asoslansa kerak.

Glazyev: YeOII O‘zbekistondan konkret tashabbuslarni kutib qoladi

O‘ylaymanki, ishni 2025-yilgacha nihoyasiga yetkazishga harakat qiladilar, bu demografik bosimning o‘sishi va kelgusi yillarda YeOII faoliyati sharoitlarini o‘zgartirish imkoniyati bilan bog‘liq.

Toshkent suverenitetning bir qismini milliy hokimiyat organlari yuqori turuvchi hokimiyatga bermaslikka harakat qilmoqda, shuning uchun yangi institutlar vakolatlari kengaytirilmasdan, huquqiy normalarni sinxronlashtirish asosida ittifoqni mavjud formatda saqlab qolish uning manfaatlariga mos keladi. Biroq, respublika bu jarayonlarga faqat YeOII hududida ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

YeOII va JST: O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi tayyorlandi

Bundan tashqari, "tanaffus olish" hozirgi a’zolarning muzokaralar pozitsiyasining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Toshkentning YeOIIga qo‘shilishidan Nur-Sulton va Bishkek hadiksiramoqda - Qozog‘iston va Qirg‘iziston biznesiga qo‘shnining raqobati kerak emas. Hatto Rossiyada ham tanqidchilar paydo bo‘lmoqda, ular son jihatidan ko‘pligi sababli o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining Rossiya mehnat bozorida huquqlarini kengaytirish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblamoqda.

YeOIIga kirish jarayoni 2024-yilga qadar, Vladimir Putinning prezidentlik muddati tugashidan oldin amalga oshirilishi kerak, Shavkat Mirziyoyev u bilan integratsiya masalasida o‘zaro kelishuvga erishgan shekilli. Buning uchun o‘zbekistonlik iqtisodchi va huquqshunoslarning faol tayyorgarlik ishlarini amalga oshirilishini talab etadi.