Shifokor barvaqt qarishga olib keluvchi mahsulotlarni ma’lum qildi

Ispaniyalik parhezshunos-shifokor Yelena de la Fuente Idalgo erta qarishni oldini olish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Ispaniyalik parhezshunos-shifokor Yelena de la Fuente Idalgo erta qarishni oldini olish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Parhezshunos ozishga ko‘maklashuvchi mahsulotlarni aytdi

"Qarishga qarshi choralar haqida gapirilganda, biz odatda jismoniy mashqlar zarurligiga e’tibor qaratamiz, ammo eng asosiysi - sog‘lom ovqatlanish bilan birgalikda to‘g‘ri parhez haqida unutamiz. Bular birgalikda tanamizdagi oksidlanish stressi va organizm hujayrlari qarishini sekinlashtiradi", - dedi shifokor La Vanguardia nashriga bergan intervusida.

Shifokor ovqatlanishda yangi mavsumiy meva va sabzavotlar, dukkakli o‘simliklar, yong‘oqlar, achitilgan (fermentlangan) sut mahsulotlari - masalan, yogurt yoki kefirni asos qilib olishni maslahat berdi.

Bundan tashqari, alkogol ichimliklardan voz kechish kerak, bu olimlarning fikriga ko‘ra, DNKni himoya qiladigan xromosomalar - telomerlarning qisqarishi bilan bog‘liq. Har bir hujayra bo‘linishi bilan ular qisqaradi va ularning uzunligi yetarli bo‘lmaganda, hujayra nobud bo‘ladi.

Mutaxassis "qarilikka olib keladigan" mahsulotlar bo‘yicha - qovurilgan kartoshka, tarkibida ko‘p miqdorda transs yog‘lar bo‘lgan margarinni, shuningdek shakar va tuzni alohida ajratdi.