BMTni "qayta ishga tushirish" kerak - Siyosatshunos

BMTga asos solgan beshta davlat uning faoliyatini yangidan boshlashi kerak deb hisoblaydi rossiyalik siyosatshunos.
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan davlat rahbarlarining uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi. Sputnik radiosi efirida siyosatshunos Igorm Shatrov bunday uchrashuvni rad etish uchun hech qanday sabab yo‘qligini ta’kidladi.

Vladimir Putin Isroilda Butunjahon Xolokost Forumida so‘zga chiqib, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolarini birgalikda xavfsizlik tadbirini o‘tkazishga chaqirdi. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bunday uchrashuv hozirgi chaqiriq va tahdidlarga jamoaviy javob izlashda katta rol o‘ynaydi.

"Nafrat, shovinizm, antisemitizmning birinchi kurtaklari paydo bo‘lishiga, ksenofobiya va shunga o‘hshash illatlarni orqavarotdan ilga surishlariga xushor bo‘lib paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. O‘tmishni unutish, tahdidlarga qarshi birlashmaslik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biz bu illatlarni nafaqat ochiqchasiga aytishga balki  ulardan dunyoni ximoya qilishimiz uchun shijoat va jasoratga ega bo‘lishimiz kerak. O‘rnakni, mening fikrimcha, BMTga asos solgan davlatlar berishi lozim. Sivilizatsiyaning saqlab kolishi uchun ma’sul besh davlat”, - dedi Putin.

U Rossiya, Xitoy, AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlari rahbarlari ishtirokida tadbir o‘tkazishni taklif qildi.

BMT bosh kotibi dunyoga tahdid solayotgan “Qiyomat darakchilari"ni sanab o‘tdi

"Dunyoning istalgan joyida, hamkasblar uchun qulay bo‘lgan joyda, Rossiya bunday jiddiy suhbatga tayyor. Biz kechiktirmasdan" Beshlik "rahbarlariga tegishli murojaatlarni yuborishni rejalashtirmoqdamiz", - deb qo‘shimcha qildi Putin.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bunday uchrashuv "ittifoqchilik va tarixiy xotira ruhiga umumiy sadoqatni" namoyish etadi.

Ushbu g‘oya Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makron tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, BMTning ta’sischi davlatlari "alohida tarixiy javobgarlikka" ega ekanligini va endi "ular yana birlashishi kerakligini" ta’kidladi.

Sputnik radiosida siyosatshunos, Zamonaviy mafkurani rivojlantirish milliy instituti direktori o‘rinbosari Igor Shatrov "beshlik" mamlakatlari "qayta ishga tushishi" kerak degan fikrni bildirdi.

BMT Bosh Assambleyasi Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishdan bosh tortdi

"Bu taklif, albatta, o‘z vaqtida berildi. Axir bu yil biz nafaqat Ikkinchi Jahon urushi tugaganining 75-yilligini, balki Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topganining 75-yilligini ham  nishonlamoqdamiz. Va ehtimol, qandaydir "qayta tiklash "zaruriyati paydo bo‘lishi mumkin, tashkilotning va Xavfsizlik Kengashining istiqbollarini ko‘rib chiqish: muhokama qilinishi kerak bo‘lgan masalalar, yondoshuvlarni birlashtirish kerak. Ikkinchi Jahon urushidagi g‘olib davlatlar 75-yil oldin birlashganda, ular dunyodagi yovuzlik haqida umumiy qarashlarga ega edilar. Unda bu fashizm edi. Xozirda esa bu nuqtayi nazarlarda qarama-qarshiliklar mavjud, va bu BMT institutini bekor qilmoqda. Shuning uchun BMT Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zo bo‘lgan beshta davlatni Tashkilotdan tashqarida yig‘ilishi maqbul bo‘lar edi. Ha, bu mag‘zini chaqish kerak bo‘lgan g‘oya ", dedi Igor Shatrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday uchrashuvni rad etish uchun hech qanday sabab yo‘q.

"Ahir gap  iqtisodiy qarama-qarshiliklar haqida emas, balki xalqaro xavfsizlikka bo‘lgan yondashuvlar haqida ketmoqda. Va global miqyosda qarama-qarshiliklar ham mavjud emas. Shuning uchun Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi darajasi uchun, g‘ayrioddiy bo‘lsa ham, bu tashabbus hamma tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi mumkin", deb hisoblaydi siyosatshunos.