TOShKENT, 23 yanv – Sputnik.Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Unda ta’kidlanishicha, ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi hamda kuchli qor bo‘ronlari sabab Qozog‘istonning 9 viloyatida 48 ta yo‘l uchastkasida barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi.
Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi mabuot xizmati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘skemen-Ridder-RF chegarasi avtoyo‘lining 15-105 km oralig‘idagi (Belousovka-Ridder) uchastkasi tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomobillari uchun yopilgan.
“O‘skemen-Shemonaixa-RF chegarasi trassasining 15-105 km (Glubokoe-Shemonaixa) uchastkasi tirkamali va yarim tirkamali yuk avtolari uchun yopildi.
Semey-Qaynar trassasining 8-144 km oralig‘idagi (Semey-Sarjal), O‘skemen-Shemonaixa-RF chegarasi trassasining 105-123 km oralig‘idagi (Shemonaixa-RF chegarasi) uchastka ham yopilgan.
“Aqto‘be-Bolgarka-Shubarquduq” trassasi 17 km (Sazdi ovuli) - 190 kmgacha (“Aqto‘be-Astraxan” trassasi) bo‘lgan qismida harakat butunlay to‘xtatilgan.
Haydovchilarga ob-havo sharoiti yaxshilangunga qadar yo‘lga chiqmasliklarini tavsiya etamiz”, - deyilgan xabarda.