Xorijda vafot etgan fuqarolarni vatanga olib kelish qay tartibda amalga oshiriladi

2019 yilda O‘zbekistonga 308 nafar fuqaroning jasadi olib kelingan. Ularning har biriga 1000 dollardan 1500 dollargacha pul sarflangan.
Sputnik

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi matbuot anjumanida xorijda vafot etgan fuqarolarni vatanga olib kelish qay tartibda amalga oshirilishi va sarflanadigan pul ma’lum qilindi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

Xorijda ishlovchilar uy va mashina sotib olishi uchun maxsus kredit paydo bo‘ldi

“Xorijda vafot etgan fuqarolarni olib kelish jarayoni ikkiga bo‘linadi. Birinchi jarayon vafot etgan fuqaroning jasadini olib ketishga tayyorlashdir. Ikkinchi jarayon bu olib ketishning o‘zi. Jasadni olib ketishga tayyorlashga 1000 dollardan 1500 dollargacha pul belgilab qo‘yilgan. Transport xizmatlari, tranport xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning tarifi bo‘yicha bu chegaraladi”, - dedi Bandlik va mehnat  munosabatlari  vazirligi huzurida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Baxtiyor Tursunov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistonga 308 nafar fuqaroning jasadi olib kelingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik migrantlarga jamg‘arma hisobidan sug‘urtalash bo‘yicha subsidiya joriy etilgani xabar qilingan edi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O‘zagrosug‘urta”AJ bilan tuzgan memorandumiga ko‘ra, chet elga ishga ketayotgan fuqarolarga  hayot, sog‘liq va  ishga joylashish uchun patent berilishining rad etilishi tavakkalchiligi  yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan sug‘urta polisi berilyapti.