Xorijda ishlovchilar uy va mashina sotib olishi uchun maxsus kredit paydo bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelstvo novix domov v Gulistane
Stroitelstvo novix domov v Gulistane  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorijda ishlovchi o‘zbekistonliklar Xalq bankining "Expat Home" yoki "Expat Car" kreditlari yordamida uy yoki mashina sotib olishlari mumkin.

TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Xorijda ishlovchi O‘zbekiston fuqarolari «Expat Home» ta’rifi orqali uy, «Expat Car» ta’rifi orqali mashina sotib olishlari mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xodimi ma’lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, Xalq banki tomonidan taklif etilayotgan «Expat Home» tarifi orqali chet elda ishlayotgan fuqarolar O‘zbekistondagi birlamchi bozordan uy sotib olish imkoniyatiga ega. Talabgorlar uchun xorijda turib kreditni rasmiylashtirish imkoniyatlari yaratiladi.

"Expat Car" tarifida esa chet elda ishlayotgan o‘zbekistonliklar “UzAutoMotors” mashinalarini sotib olishlari mumkin.

Bunday kreditlar milliy valyutada o‘n yil muddatga beriladi.

Bunday kreditlarning ustunlik tomonlari ko‘p: fuqarolar yangi uy sotib olish uchun yillab pul yig‘maydi, O‘zbekistonda uy-joy qurilishi, avtomobil sanoatiga investitsiya kiritiladi. Kredit olish uchun ishonchli vakili kelsa kifoya.

 

Yangiliklar lentasi
0