O‘tgan yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgani ma’lum bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yilda qariyb 498 ming nafar chet el fuqarosi Rossiya fuqaroligini olishdi. Bu 2018-yilga nisbatan 84 foizga ko‘p.
Sputnik

TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. 2019-yilda 19,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiya fuqaroligini oldi. Bu Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya bosh boshqarmasining hisobotida keltirilgan.

Rossiya fuqaroligini olish arizasini ko‘rib chiqish muddati qisqartiriladi

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yilda qariyb 498 ming nafar chet el fuqarosi Rossiya pasportini olgan. Bu 2018-yilga nisbatan 84 foizga ko‘p. O‘shanda atigi 269 ming kishi Rossiya fuqaroligini

Rossiya fuqaroligini olganlarning aksariyati Ukraina fuqarolari (qariyb 300 ming kishi), undan keyin Qozog‘iston fuqarolari - 50,5 ming va Tojikiston - 44,7 ming, shuningdek, Qirg‘iziston - 9,3 ming va Turkmaniston - 1,4 ming kishi.

Shuningdek, 2019-yilda 234,7 ming nafar chet el fuqarosi vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, 182 ming kishi istiqomat uchun guvohnoma olgan.