Sputnik Estoniya atrofidagi vaziyat EI obro‘sidagi yana bir dog‘ bo‘ldi - Sergey Lavrov

Sergey Lavrov Sputnik tahririyati jurnalistlarni 5-yilga qamashga tahdidi qilgan Estoniya hukumati harakatlarini keskin tanqid qildi.
Sputnik

TOShKENT, 17-yanvar – Sputnik. Sputnik Estoniya xodimlariga qarshi Tallinning xatti-harakatlari hunukdir va YeIning bu masalada harakatsizligi YeI obro‘siga yana bir dog‘ tushiradi, deb bayonot berdi Rossiya tashqi ishlar vaziri v.b. Sergey Lavrov.

Rossiya YeXHTning Sputnik Estoniya bilan bog‘liq vaziyatga munosabatini kutmoqda

"Sputnikka nisbatan o‘tkazilayotgan harakatlarga kelsak – bu juda hunuk deb o‘ylayman. Biz har kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidan javob talab qilamiz. Yevropa Kengashidan oz-moz qoralovchi iboralar yangradi. Biz Yevropa Ittifoqining e’tiborini Yevropaning e’lon qilingan, himoyalangan qadriyatlariga zid keladigan mavzularda chiqish qilayotgan Ittifoq a’zolariga qaratamiz Ivropa Ittifoqi bu holatda xech qanday qila olmayotgani – bu Yevropa Ittifoqi obro‘siga yana bir dog‘dir. Biz bunday dog‘larni ko‘pini ko‘rdik, - dedi Lavrov yillik press-konferensiyada.

Avvalroq, Sputnik Estoniya xodimlari, mamlakatning Politsiya va Chegara Xizmati rahbariyatidan, agar ular bosh tashqiloti bilan mehnat munosabatlarini 2020-yil 1-yanvargacha to‘xtatmasa, ularga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlarni oldilar. Ushbu harakatlar uchun asos sifatida 2014-yil 17-martda Ukrainadagi voqealar fonida bir qator jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan sanksiyalar deyiladi. Biroq, Yevropa Ittifoqining sanksiyalari Sputnikni o‘z ichiga olgan “Rossiya Segodnya” XAAga emas, balki shaxsan agentlik bosh direktori Dmitriy Kiselovga qarshi kiritildi.

Sputnik Estoniya jurnalistlari redaksiya bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatadilar

Estoniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Urmas Reinsalu payshanba kuni RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida uning mamlakati Yevropa Ittifoqining Sputnikka emas, balki Kiselovga nisbatan qo‘llanilgan shaxsiy sanksiyalar siyosatini olib borayotganini aytdi.

Avvalroq, OBSEning OAV erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir Estoniya rasmiylarining Rossiya Segodnya XAA Bosh direktoriga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni Sputnik Estoniyaga nisbatan tadbiq qilinishiga istagi ommaviy axborot vositalari erkinligi sohasida muammo tug‘dirishini aytgandi. O‘z navbatida, OBSE Bosh kotibi Tomas Greminger matbuot erkinligini ta’minlash majburiyatlari Xelsinki aktida mustahkamlanganligini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sputnik Estoniya atrofidagi vaziyatni sharhlar ekan, Rossiya hukumati boshqa mamlakatlarda ishlayotganda Sputnik ni qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsani qilishini aytdi. Moskvadagi yuqori mansabli manbaning RIA Novosti agentligiga aytishicha, Britaniya kuratorlari Estoniya rasmiylarining harakatlariga aloqador, bu yaqin kelajakda Rossiyadagi Britaniya ommaviy axborot vositalariga nisbatan simmetrik choralar ko‘rish uchun hisobga olinadi.