Toshkentdagi yong‘inda 78 yoshli mast fuqaro qurbon bo‘ldi

Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan. Yong‘in mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Toshkentdagi yong‘in oqibatida  78 yoshli fuqaro qurbon bo‘ldi.

Odamlar tiriklay yongan avariya haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi

Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, yong‘in Yakkasaroy tumani  Sh.Rustavli ko‘chasidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat yetib borgan va yong‘inni bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in natijasida 78 yoshli erkak kishi halok bo‘lgan.

Yong‘in mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozirda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.