TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Ilk marotaba Xitoy fuqarosi O‘zbekistonga vizasiz rejim bo‘yicha tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2-yanvar kuni Urumchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan aviareys orqali O‘zbekistonda vizasiz rejim bo‘yicha tashrif buyurgan birinchi Xitoy fuqarosi kutib olingan.
Xitoylik mehmon — Li Ji Linning O‘zbekistonga mamlakatni yaqindan o‘rganish va investitsiya kiritish uchun tashrif buyurganligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan boshlab Xitoy, shu jumladan, Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilangan.