Rossiya YeXHTning Sputnik Estoniya bilan bog‘liq vaziyatga munosabatini kutmoqda

Diplomatlar agentlik jurnalistlari Estoniya hukumatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlari bois ishdan bo‘shashga majbur bo‘lishganini ta’kidlashgan.
Sputnik

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Rossiyaning YeXHTdagi doimiy vakolatxonasi Sputnik Estoniya agentligi atrofidagi vaziyat yomonlashgani sabab tashkilotning OAV erkinligi bo‘yicha vakilidan javob kutmoqda.

Sputnik Estoniya jurnalistlari redaksiya bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatadilar

“Jurnalistlar Estoniya hukumati tomonidan bildirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ozodlikdan mahrum qilish tahdidi sabab ishdan bo‘shashga majbur bo‘lishdi. Estoniyaning chidab bo‘lmaydigan pozitsiyasi uning YeXHT doirasidagi majburiyatlariga ziddir. YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakilidan munosabat kutapmiz”, - deyiladi doimiy vakolatxonaning Twitter᾽da e’lon qilingan bayonotida.

Sputnik Estoniya xodimlari Tallin tomonidan jinoiy ta’qib bo‘yicha bo‘layotgan tahdidlar tufayli 2020-yilning 1-yanvaridan tahririyat bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatishga majbur bo‘lishdi. 1-yanvardan agentlik sayti favqulodda rejimda ishlashga o‘tdi.