Pakaxin konidagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi vatanga olib kelinadi

8 dekabr kuni Tazov tumani Pakaxin konida sodir bo‘lgan yong‘inda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Rossiyaning Pakaxin konida sodir bo‘lgan yong‘inda vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadlari O‘zbekistonga qaytarilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

TIV Rossiyada maoshini ololmayotgan o‘zbekistonliklar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

Qayd etilishicha, 2019-yilning 8-dekabr kuni Tazov tumani Pakaxin konida sodir bo‘lgan yong‘inda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.

Bugunga qadar kondagi yong‘inda vafot etgan o‘zbek fuqarolarining shaxsini aniqlash bo‘yicha protsessual jarayonlar, konsullik huquqiy masalalar va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari yakunlangan.