Rosgvardiya delegatsiyasi Toshkentga keldi

Rossiya Milliy gvardiya qo‘shinlari federal xizmati direktori o‘rinbosari – Rossiya Federatsiyasi milliy gvardiya qo‘shinlari bosh qo‘mondoni general-polkovnik Oleg Borukayev boshchiligidagi Rosgvardiya delegatsiyasi Toshkent shahar IIBB ichki ishlar bo‘limlaridan biriga tashrif buyurgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiya qo‘shinlari federal xizmati delegatsiyasi Toshkent shahar IIBB faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda IIBB axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

IIO va Milliy gvardiya xodimlari qizni nima sababdan yo‘ldan sudrab olib ketgani oydinlashdi

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiya qo‘shinlari federal xizmati direktori o‘rinbosari – Rossiya Federatsiyasi milliy gvardiya qo‘shinlari bosh qo‘mondoni general-polkovnik Oleg Borukayev boshchiligidagi Rosgvardiya delegatsiyasi Toshkent shahar IIBB ichki ishlar bo‘limlaridan biriga tashrif buyurgan.

Mehmonlarga “Xavfsiz poytaxt” Konsepsiyasi doirasida ichki ishlar organlarining O‘zbekiston Milliy gvardiyasi bilan hamkorligi, bu asosida  sutkalik patrullash joriy qilinganligi, bu orqali shahardagi jinoyatchilik darajasining pasayishiga erishilgani haqida so‘zlab berilgan.

“Xizmat uchun patrullarga ajratilgan zamonaviy texnika va avtotransport vositalari Rosgvardiya delegatsiyasida qiziqish uyg‘otdi”- deyiladi xabarda.  

Shuningdek mehmonlar Toshkent shahar IIBB tizimidagi islohotlar, favqulodda xizmat, “tez yordam”, yong‘in xavfsizligi xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuman ichki ishlar bo‘limi bazasidagi dislokatsiya modeli bilan tanishtirilgan.

Rosgvardiya vakillari tomonidan tuman ichki ishlar bo‘limida tashkil etilgan sharoitlar hamda ilg‘or axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish tizimi yuqori baholangan.