Merkel “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar uchun AQShga urush e’lon qildi - Bild

Bild nashri yozishicha, Germaniya kansleri Angela Merkel AQSh tomonidan o‘zi qo‘llab-quvvatlagan “Shimoliy oqim-2” loyihasini puchga chiqaradigan choralarga toqat qilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Germaniyaning Bild tabloidi yozishicha, Germaniya kansleri Angela Merkelning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar uchun AQShga nisbatan  javob choralarini qo‘llash haqida bayonoti haqiqiy urush e’lon qilish bo‘ldi.

Angela Merkel Qozog‘iston madhiyasini o‘tirgan holatda tingladi - video

Merkel o‘z bayonotida, AQSh sanksiyalariga qarshi ekanligi, Vashingtonga javob choralarini “qat’iy muhokama” qilayotganligini ma’lum qildi. Bild yozishicha, haqiqatdan mamlakat rahbari AQSh prezidenti Donald Trampga urush e’lon qildi

Jurnalistlar Merkel AQShga o‘z noroziligi “aniq tushunarli so‘zlar” bilan aytilganligiga e’tibor qaratishdi.

“Merkel o‘zi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan gaz quvuri loyihasini AQSh tomonidan puchga chiqarishiga toqat qilmaydi”, - deb yozilgan maqolada.

Maqolada bayon etilishicha, “Shimoliy oqim-2” qurilishiga hech qanday choralar bilan to‘xtatib bo‘lmaydi va tez orada gaz quvuri ishga tayyor bo‘ladi.

Angela Merkel sahnada qoqilib yiqildi - video

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi boshida AQSh 2020-yilgi mudofaa budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida Rossiyaning “Shimoliy oqim-2” gaz quvuriga qarshi sanksiyalarni kiritgan edi.

Yevropa mamlakatlari, ayniqsa Germaniya, Vashingtonning bu boradagi pozitsiyasiga qo‘shilmadi.

Xususan, Germaniya Amerika cheklovlarini haqoratli deb aytdi va qator siyosatchilar AQShga qarshi javob choralarini ko‘rishga chaqirishdi.

“Shimoliy oqim-2” gaz quvuri Rossiyadan Germaniyaga Boltiq dengizi orqali o‘tadi.

Loyihaga ko‘ra, gaz quvurining ikki tarmog‘i uzunligi 2,4 ming kilometrdan oshadi. “Shimoliy oqim-2” Rossiya, Germaniya, Daniya, Finlyandiya va Shvetsiyaning hududiy suvlari orqali utadi.