Angela Merkel sahnada qoqilib yiqildi - video

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishFederalniy kansler Germanii Angela Merkel
Federalniy kansler Germanii Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Berlindagi ko‘p tomonlama savdo va axborot xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi. Unda Germaniya kansleri Angela Merkel ham ishtirok etdi.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Germaniya kansleri Angela Merkel sahnaga chiqayotgan vaqtda qoqilib yiqildi. Voqea Berlindagi ko‘p tomonlama savdo va axborot xavfsizligi anjumanida yuz berdi.

Videoni Daily Mail o‘z YouTube-kanalida joylashtirdi.

Merkel “zinalarni ko‘rmadim, keyingi safar ulardan albatta foydalanaman”, deya hazilashdi.

Merkel o‘z nutqida Germaniya sanoat va savdo palatalari vakillariga murojaat qildi. U Jahon savdo tashkilotida o‘zgartirishlar kiritish zarurligini ta’kidladi.

Iyun oyida Merkelni Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda titroq bosgandi. Iyul oyida Angela Merkel Finlandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuv vaqtida yana o‘zini yomon his qilgandi.

Keyinroq Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuv chog‘ida ham uni kuchli qaltiroq tutib qolgandi.

Angela Merkelning o‘zi jurnalistlarga salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammo yo‘qligini aytgandi.

Yangiliklar lentasi
0