Shifokor qisqa muddatli ochlikning foydali jihatini aytdi

Shifokor qisqa muddatli och qolish inson organizmiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqida so‘zlab berdi.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Qisqa muddatli och qolish inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori, V.M. Gorbatov nomidagi oziq-ovqat tizimlari Federal ilmiy markazi eksperti Valeriy Sergeyev ma’lum qildi, deya yozadi RT.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, 12 soatdan 36 soatgacha bo‘lgan davomiylikda och qolish organizmdagi begona elementlar – eski va ishmaydigan to‘qimalar glyukoza bo‘lib qayta ishlanadi. Glyukoza esa o‘z o‘rnida energiya ishlab chiqaradi.

Uyqusizlikni keltirib chiqaradigan mahsulotlar qaysiligi aytildi

Qolaversa, ochlik vaqtida organizm yog‘li kislotalardan energiya oladi. Bu vaznni kamaytirish hamda yurak-qon tomir tizimi va tayanch-harakat tizimi yukini qisqartirishga ko‘maklashadi.

“Qisqa muddatli och qolish immunitet tizimini qayta ishga tushiradi. U infeksiya, zamburug‘ va viruslarga qarshi faol kurasha boshlaydi. Shu bois muntazam qisqa muddatga taomdan o‘zini tiyib turuvchilar kamdan-kam kasal bo‘lishadi”, - deydi Sergeyev.

Ekspertning ta’kidlashicha, och qolishning eng yaxshi sxemasi “12/12”. Kishi so‘nggi taomni soat 19:00da iste’mol qiladi, nonushta qilish esa soat 07:00 to‘g‘ri keladi. Muskullarning o‘sishiga “16\8” sxemasi yordam beradi. Unda kishi soat 16:00 kechki ovqatni yeb, faqat soat 08:00da nonushta qiladi.

Shifokor ayniqsa, sog‘lig‘i bilan muammosi bo‘lgan kishilar och qolishga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini eslatdi. Ovqatdan tiyilib turgan vaqtda suv ichishdan voz kechish yaramaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq muntazam ravishda och qolish yurak yetishmovchiligi xavfini kamaytiradi va umrning uzayishiga yordam berishi xabar qilingan edi.