Maksim Ognenniy. Birinchi bo‘lib 1980-yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Yozgi Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimida Aleksandra Paxmutova she’riga Lev Leshenko tomonidan ijro etilgan afsonaviy qo‘shig‘i, bugun beixtiyor insonlar qalbida yana yangradi.
Afsuski, bu safar butun Rossiya hamjamiyati uchun qayg‘uli sabab – Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiya sportchilarini Olimpiya o‘yinlari ishtirok etishdan 4-yilga chetlashtirdi. Tashkilot kelgusi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga, shuningdek, turli sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlarida Rossiyaning “toza” sportchilarga mamlakat bayrog‘isiz va madhiyasiz ishtirok etadi ruxsat berilish mumkinligi haqida qaror qabul qildi. Rossiya uchun Olimpiya o‘yinlari boshlanmasdan, o‘z yakuniga yetdi.
Kelgusi yil arenalarda yengil atletika yoki jamoaviy sportdagi zafardan keyin Rossiya bayrog‘ini hech kim ko‘rmaydi va madhiyasini tinglamaydi.
Sputnik xalqaro antidoping hamjamiyati ushbu qarori qo‘shni va MDH mamlakatlarida o‘tmishdagi va hozirgi kunda taniqli sportchi fikrlarini o‘rgandi.
Sovet yunon-rum kurashchisi, Seul-88 Olimpiya chempioni, hozirda Rossiya kurash federatsiyasi prezidenti Mixail Mamiashvili Sputnik Gruziya savolidan keyin, bir necha soniya davomida to‘g‘ri so‘zlarni topish uchun vaqt kerak bo‘ldi.
“Hozircha sportchilarga nima aytishni ham bilmayman. Tashvishga soladigan narsalar bor edi, ammo baribir hammasi yaxshi bo‘ladi degan umid bo‘lgan edi. Chunki, biz ushbu mezon va vazifalarga to‘liq mos bo‘lgandik. Butun sport tariximiz shuni ko‘rsatadiki, biz har qanday tizim buzilishlaridan uzoqdamiz. Bu alohida, kamdan-kam uchraydigan holat bo‘lgan,” – dedi Mamiashvili.
Sovet kurashining afsonasi WADA tomonidan Rossiya tomoni doping profilaktikasi sohasidagi kundalik ishlariga ahamiyat bermaganligidan umidsizlikni yashira olmadi.
“4 yil oldingi voqealardan, davlat prezidenti bayonotlaridan so‘ng, tizim buzilishni boshladi. Doping oldini olish uchun misli ko‘rilmagan choralar ko‘rildi. Bu barcha turdagi seminarlar va huquqni muhofaza qilish organlar jalb qilindi. Bizda har kuni bajariladigan chora-tadbirlar mavjud. Afsuski, buni hech kim ko‘rishni xohlamadi”, - deb qo‘shimcha qildi Mamiashvili.
Hozirda Rossiya boks federatsiyasining bosh kotibi Umar Kremlev yuz bergan voqealarga o‘z munosabatini aniqroq aytdi.
“Menimcha, bu, albatta, ahmoqona qaror. Juda noto‘g‘ri qaror, sudga shikoyat qilish kerak va o‘z haqqoniyligini isbotlash kerak”, - dedi Kremlev.
O‘z mamlakati bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan sportchilar haqida gapirganda, mutaxassis ularga tushkunlikka tushmaslikni maslahat berdi.
“Sportchilar tushkunlikka tushishmasdan, oldinga yurishlari kerak. Chunki ularning bunga aloqasi yo‘q. Toza bo‘lgan sportchilar musobaqalarda ishtirok etishi kerak. Men yigitlar bilan suhbatlashdim, ular bayroq va madhiyasiz bormaymiz, deb aytishdi, yana ular bilan suhbatlashamiz”, - deb qo‘shimcha qildi Kremlev.
Tbilisida tug‘ilgan, sovet futbolchisi Guram Ajoyev WADA qaroridan keyin uning qalbida nimalar bo‘layotganini tasvirlashga so‘z topa olmadi.
“Afsuski, hech narsa deya olmayman. Aqlga sig‘maydi. Chunki sportchi bunga butun umri davomida tayyorgarlik ko‘radi, bir onda uni chetlashtishdi. Bu katta zarba, juda yomon holat” – dedi Ajoyev.
Sputnik Armaniston muxbiri Rossiya jamoasining amaldagi sportchisi, Yerevan shahrida tug‘ilgan Yana Yegoran bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki karra Olimpiya chempioni ovozida ishonch va professional g‘azab sezildi.
“Sportchilar nima qilishi kerak? Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etish uchun mashq qilish va ishlash kerak. Nima desa bo‘ladi, qaror qabul qilingan, uni muhokama qilishning foydasi yo‘q. Asosiy vazifa – ularga biz nimaga qodir ekanligimizni namoyish etish”, - dedi Yegoran.
Rossiya chang‘i sporti federatsiyasi rahbari Yelena Valbe Yana Yegoran so‘zlariga qo‘shiladi va sportchilarni bundan voz kechmaslikka chaqirdi
"Shubhasiz, taslim bo‘lish kerak emas. Oxirigacha borish kerak. Umuman aloqasi bo‘lmagan sportchilarning taqdirini bunday hal etish mumkin emas ", - dedi Valbe.
Rossiya biatlon ittifoqi prezidenti, ilgari belorus biatlonchi bo‘lgan Vladimir Drachev kelajakka umidvor bo‘lib, "toza" sportchilar uchun kelgusi Olimpiada ishtirok etish mezonlari haqida gapirdi.
"Biatlonimiz uchun ma’lumotlar salbiy. Ammo bu yerda biz ishtirok etish uchun ro‘yxatlarni qanday tuzilishini ko‘rishimiz kerak. Ular ba’zi qoidalarni yozishlari kerak. Ularni biz bu qoidalarni tushunishimiz uchun. Bizga bu muhim. Axir biz tayyorlanishimiz kerak. Pxenchangda bo‘lgani kabi bo‘lmasligi kerak,” - dedi Drachev.
WADA qarori sport bo‘yicha arbitraj sudida shikoyat ko‘rib chiqilgandan keyin 21 kun o‘tgach kuchga kiradi. Endi rossiyalik sportchilarning taqdiri nafaqat ularning professional yutuqlariga, balki huquqshunos va sport amaldorlarining kurashiga bog‘liq bo‘ladi. Bu esa afsuski, sport bilan deyarli bog‘liq emas.