Jirinovskiy Yelsinni “Rossiya tarixidagi eng mudhish jinoyat”da aybladi

LDPR rahbari Vladimir Jirinovskiy qaysi hodisa “Rossiya tarixidagi eng mudhish jinoyat” ekanini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy Rossiya birinchi prezidenti Boris Yelsinni mamlakat tarixidagi eng mudhish jinoyatda aybladi.

Gorbachev SSSR parchalanishining asosiy sababini aytdi

Jirinovskiyning fikriga ko‘ra, Belovejsk, ya’ni SSSRni tarqatib yuborish bitimining imzolanishi “Rossiya tarixidagi eng mudhish jinoyat” bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bitimni imzolagan Rossiya va Ukraina prezidentlari Boris Yelsin va Leonid Kravchuk hamda Belorussiya Oliy kengash raisi Stanislav Shushkevichning SSSRni tarqatib yuborish uchun vakolatlari bo‘lmagan.

“Buning uchun hech qanday asos yo‘q edi: na ma’naviy, na iqtisodiy. Insoniyat tarixida ko‘plab harbiy va davlat to‘ntarishlari bo‘lgan, lekin hech kim hech qachon mamlakatni tarqatib yubormagan”, - deya yozgan u telegram kanalida