Viktor Maraxovskiy
Fransiyada rus diversantlari bazasi aniqlandi: G‘arb ommaviy axborot vositalari bu shov-shuvni qizg‘in muhokama qilishmoqda. NBC: "Rus josuslari Fransiyaning Alp tog‘larida qotillar uyasidan hujum uyushtirishni rejalashtirgan, deb xabar berdi razvedka vakillari". The Telegraph: "Rus josuslari Alp tog‘laridan Britaniya va boshqa davlatlarga hujum uyushtirish uchun tayanch lageri sifatida foydalanishgan". Va hokazo.
Barcha sarlavhalar Fransiyaning Le Monde gazetasida chop etilgan maqolani takror hikoya qilib bermoqda.
Maqola mag‘zi: gazetaning anonim manbalarining aytishicha, Rossiya razvedkasi Yuqori Savoyda (Monblanning Ansi ko‘li va kurortlar joylashgan mintaqasi) o‘z bazasiga ega bo‘lgan. U yerda, anonim ma’lumotlarga ko‘ra, 2014yildan 2018-yilgacha bo‘lgan oraliqda, kamida 15ta Bosh razvedka boshqarmasi xodimlari tashrif buyurgan, ular orasida o‘sha bizga tanish memlar qahramonlari Petrov va Boshirovlar ham bo‘lgan. Bu xodimlar Savoydan Yevropa Ittifoqiga "qotillik va sabotaj"larni amalga oshirish uchun yuborilgan. G‘arb maxsus xizmatlari, ulardan “qurol yoki biron bir dalil”ni topib musodara qilmagan, deya kamtarlik bilan qo‘shimcha qilgan nashr. Shuningdek, Fransiyaning o‘zida xam “qotillik va sabotaj” izlari topilmagan.
Ammo, Britaniyaning yuragiga aynan shu yerdan zarba berilgan, Solsberidagi Skripallar zaharlanishi holati aynan shu yerdan amalga oshirilgan, deb ta’kidlashga asoslar bor. Bolgariyaga hujum (2015 yilda uch kishining dahshatli zaharlanishi, "Novichok" ishlatilgan, jabrlanganlar yo‘q) va Chernogoriyaga hujum (to‘ntarishni amalga oshirish uchun qilingan dahshatli urinish, qurbonlar bo‘lmagan, to‘ntarish bo‘lmagan) shu yerdan amalga oshirilgan.
Umuman olganda, biz yana siqib ham hech yangi narsa olish imkoni bo‘lmagan "xayli-laykli"ga duch kelyapmiz (faqat bir savol o‘z ahamiyatini yo‘qotmayapti, u qanday bir dahshatli “Novichok” ekanki, u bilan ruslar yillar davomida odamlarni zaharlab kelayotgan bo‘lsa-da, bu hech kimning o‘limiga sabab bo‘lmayotir).
... Bu yerda aslida qizig‘i nima?
Tabiiyki, allaqanday maxsus xizmatning boshqa mamlakat hududida bazasi mavjudligi, ammo u uzoq vaqtdan beri allaqachon mavjud emasligi haqidagi xabar – bu hech narsa haqida ma’lumot, demak. "Aytarli dalil" yo‘q ekan, u holda bu voqea to‘rt yil ichida ma’lum bir mintaqaga 15 kishi tashrif buyurganini anglatadi xolos.
Ya’ni, birinchi qarashda, bu xabarni qanday qilib va kimga qarshi ishlatish mumkinligi noma’lum. Biroq, buning nozik tarafi ham bor.
Birinchidan, hech kim bu informatsiya Parijda bo‘lishi rejalashtirilayotgan Donbassga bag‘ishlangan Fransiya, Rossiya, Germaniya va Ukraina ishtirokidagi Normand formatidagi uchrashuvga maxsus bag‘ishlanganini yashirmayapdi. Bu xaqda "DeutscheWelle" ga bergan sharhida Yevrokomissiya tomonidan moliyalashtirilgan Pragadagi shubhali, ammo nufuzli nodavlat notijorat "aql markazi"ning eksperti ochiqchasiga gapirgan: "Informatsiyaning sizib ketishi Kremlga to‘g‘ridan-to‘g‘ri signal bo‘lishi mumkin. Menimcha bu tasodif emas".
Ikkinchidan, deb ta’kidlaydi xuddi shu nashr, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron oxirgi vaqtlarda faol ravishda Rossiya bilan munosabatlarda keskinlikni kamaytirishga va umuman, normal hamkorlikni tiklashga harakat qilmoqda. Biroq, endi Fransiya hukumati "norozilik bildirib, rus diplomatlarini chiqarib yuborishi kerak bo‘ladi". Va bu Makronning qo‘lidagi kuchli kartasi bo‘ladi va u shu tarzda "Fransiya anoyilardan emasligini ko‘rsatadi".
Sodda qilib aytganda, hozirgi paytda Makronga kuchli bosim o‘tkazishmoqda, u Donbass bo‘yicha tinchlik muzokaralarini o‘tkazish o‘rniga rus diplomatlarini quvg‘in qilishi (yaqinda Germaniya chechen jangchisining o‘ldirilishi munosabati bilan yana bir “sensatsiya”dan so‘ng Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborgani kabi), janjal boshlashi va oqibatda Rossiya bilan yaqinlashish jarayoni buzilishi uchun. Chunki haqiqiy erkaklar aynan shunday yo‘l tutadilar, va Rossiya faqat kuchni hurmat qiladi va xokazo.
Demak, bu holda bunday ma’lumotlar tarqalishida aynan fransuz prezidenti asosiy nishonga aylangan va taxminiy jabrlanuvchi aynan u bo‘lishi mumkin.
Ayniqsa, Le Monde anchadan buyon Makronga ov uyushtirishi barchaga ma’lum - bu nashr Makronni xuddi New York Times Donald Trampni yaxshi ko‘rgandek yaxshi ko‘radi. Fransuzcha talqinida prezidentga bo‘lgan teskari muhabbat yanada kuchliroq, chunki bu yerda shaxsiy xusumat mavjud.
Gap shundaki, Le Monde aksiyalarining nazorat paketi egalaridan biri Matye Pigass ismli shaxs bo‘ladi.
Aniqrog‘i, u biz uchun hech kimmas. Fransiyada esa uning fojiali taqdirini ko‘p yillardan buyon katta qiziqish bilan kuzatishadi. U bir vaqtlar Lazard bankining eng yosh boshqaruvchi hamkori bo‘lgan, xuddi Makron keyinchalik Rotshildda eng yosh boshqaruvchi bo‘lgani singari. Fransuz matbuoti uzoq yillardan buyon ikki vunderkind o‘rtasidagi shavqatsiz kurash haqida gapirib keladi. Qisqa qilib aytganda: 2010-yilda Makron Pigassni Le Ponddan chetlashtirishga uringan, ammo Pigass g‘alaba qozongan. O‘z navbatida, Pigass 2012-yilda, sotsialist Olland prezidentligida moliyaviy yulduz bo‘lishni xohlagan, ammo Makron g‘alaba qozondi. Va hokazo shunga o‘xshash holatlar.
Umuman olganda, hozirda mana shulardan tashqari, ikki birdek hurmatli oila – Rotshildlar va Lazarlar oilasining yosh va qaynoq bankirlari jangi haqidagi uzundan-uzoq dostoniga guvoh bo‘lib turibmiz. Kasos, shuhratparastlik, fitna.
Ushbu jangda dushmanga chox qazish borasida hech qanday imkoniyat boy berilmaydi. Bu holatda foydali ish yoqimlisi bilan birikadi, hatto. Yevroittifoqning aksariyat doiralari manfaati Makronning Moskva bilan normal aloqalarni tiklashi orqali prezident sifatida kuchayishiga yo‘l quymaslikdan iborat. Le Monde nashriyotchilari esa - Makronni siyosatchi sifatida zaiflantirishni istashadi.
... Yevropaning ichki mojarolarida bir xil priyom tobora ko‘proq qo‘llanilayotgani haqidagi fakt esa (bir, ikki yoki besh yilga kechikayotgan har xil ko‘rinishdagi "ruslarni fosh qilinishi" singari feyk xabarlarning navbatdagi bochokdan sizdirilishi) yevropalik fitnachilar mahorati pasayganidan dalolatdir.