NATO Rossiya bilan do‘stlashmoqchimi?

Obuna bo‘lish
Parijdagi sammitda NATO rahbarlari, kutilmaganda, Rossiya bilan do‘stlashish mumkinligi haqida e’lon qilishdi.

Dastlab Donald Trampning alyans a’zolariga Moskva bilan do‘stlashishni, lekin qarama - qarshilikka tayyor turishga chaqirdi.

Undan so‘ng Polsha prezidenti ham Rossiyani “dushman” deb atashdan voz kechdi. Fransiya va Germaniya rahbarlari ham ushbu fikrga qo‘shilishdi.

“Rossiya bizga nisbatan bir tomondan o‘zining “dushmanga xos” harakatlari bilan tanilgan, masalan gibrid urushi, lekin ikkinchi tomondan u bizning qo‘shnimiz”, - dedi Angela Merkel.

Litva Rossiya va NATO orasida suhbatni yo‘lga qo‘yishda tashabbuskor bo‘lishga tayyorligini bildirdi. Bu haqida mamlakat prezidenti Gatanas Nauseda xabar qildi.

Shuningdek sammitda NATO davlatlari tashkilot budjetiga to‘lanadigan mablag‘larni oshirishga qaror qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0