Shanba tongi. Samarqand universiteti rus filologiyasi fakulteti binosi oldida talabalar to‘planib turishibdi – bugun ularda to‘liq o‘qish kuni. Binoga kiraverishda ikkala tomondagi yozuvlar – biri o‘zbek lotin yozuvida, ikkinchisi ingliz tilida. Rus tilida yozuv umuman yo‘q.
Lekin binoni xatlab o‘tishimiz bilan rus tilida yozilgan ma’lumotlar taxtasi, darslar jadvali, reyting jadvali, O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari rasmlari joylashgan plakat va diplomatik aloqalarning 25-yilligiga oid davlat hayotidagi muhim voqealar aks ettirilgan suratlarga ko‘zingiz tushadi.
Rus tilini bilish yana modaga kirdi
"Sizlar Moskadanmisizlar? Jurnalistmisizlar? To‘xtab turing, hozir dekanni topamiz", - birinchi kafedradayoq bizni shunday qarshi olishdi va keng qamrovli izlash ishlari boshlanib ketdi, dekanni izlashga yangi va yangi o‘qituvchilar jalb etilar edi. Lekin kabinetma-kabinet kirib chiqishlar o‘z natijasini bermadi – dekan yo‘q ekan, shu bois Rus va chet el adabiyoti kafedrasi mudirasi Shahnoza Ishniyozova bizga gid bo‘lishga rozilik bildirdi.
"Albatta, 90-chi yillarda bizda turg‘unlik davri bo‘lgan, lekin hozirda taraqqiyot kuzatilmoqda, rus tilini o‘rganishga e’tibor bugun kuchli – til markazlari ochilmoqda. To‘g‘ri, bu haqda kam gapiriladi, lekin ota-onalarning rus tiliga bo‘lgan qiziqishi susaymagan – ular avval o‘z farzandlarini qay tarzda bog‘chalarda rus guruhlari va undan so‘ng rus sinflariga bergan bo‘lsalar, hozir ham bu an’ana davom etmoqda", - deydi Shahnoza Ashirovna.
Ayol shuningdek, rus tilini o‘rganishga intilish boisi nafaqat Rossiyaga ishlashga ketish bilan izohlanishini, balki rus tili millatlararo muloqot tili bo‘lib qolayotganini qo‘shimcha qiladi.
"Rus tili millatlar o‘rtasidagi ko‘prik, aloqa Bundan tashqari, rus tili – bu yangiliklar manbai. Odatda biz yangiliklarni aynan rus tilidagi saytlarda va nashrlarda o‘qiymiz, ruscha efirlarni tomosha qilamiz. Bizning davlatda boshqa tillar xam o‘rganilmokda – ayniqsa ingliz tili, lekin rus tili ustuvor ahamiyatga ega", - deydi dotsent Ishniyazova. Ayol raqamlarni keltirib o‘tadi.
Rus filologiyasi alohida fakultet sifatida shakllanganda faqatgina 25 nafar abituriyent qabul qilingan, keyinchalik ular soni 50 nafaga yetgan. Hozirda esa fakultetda 300 talaba tahsil oladi. Shuningdek, fakultetda "lingvist" va "adabiyotshunos" yo‘nalishida magistratura ham mavjud. Doktorantlar esa Rossiyaga Qozon, Tomsk va Moskva universitetlariga o‘qishga borishapti.
Rossiya bilan qalin aloqalar
Shahnoza Ishniyazova fakultet xaqida gapirayotganida, uning hamkasbi bizga qahva damlab, oldimizga likopchada shirinlik qo‘yadi. Hayratimizga javoban: "Oling, mehmon bo‘ling, bizda odat shunaqa", dedi.
"Rossiya oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarimiz juda yakin, ular bizga yangiliklar bilan tanishishda yordam bermoqda. Bir zamonlar, rus va zamonaviy adabiyot bo‘yicha qo‘llanmalar borasida qiynalganmiz, materiallar yetishmagan, manbalar kam bo‘lgan. Hozir unday muammolar yo‘q – bizga kitob va jurnallar yetkazib berib turishibdi. Tomsk, Qozon, Ufa, Sank-Peterburg, Shimoliy Kavkaz oliy ta’lim muassasalari vakillari tashrif buyurib, seminarlar o‘tkazishmoqda. Bu seminarlarda nafaqat o‘qituvchilar, balki talabalar va doktorantlar ham ishtirok etapti", - deydi g‘urur bilan Shahnoza Ishniyazova.
Shahnoza Ashirovna suhbat davomida kabinetda kursida kamtarlik bilan kutib o‘tirgan yosh yigitga ishora qiladi. "Mana tanishing, bu Chechen davlat universitetidan kelgan mehmonimiz – u ishini Tomskdan Grozniyga ko‘chirgan, mana endi biz bilan tanishishga va universitetlarimiz o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashrif buyurdi".
Ta’lim tili – ota-onalar tanlovi
Dotsent Ishniyazova bilan suhbatimiz paytda, kafedraga boshqa o‘qituvchilar kirib kelishni boshladi – bizning tashrifimiz xaqida mish-mishlar fakultet bo‘ylab tez tarialgan edi.
"Rus tilini o‘rganishga qiziqish butun O‘zbekistonda, xususan, Samarqandda juda katta, - deya ta’kidladi kafedra mudiri. – Tilni bilish yanada ko‘proq imkoniyatlar bermoqda, ko‘p yo‘llarni ochib bermoqda. Maktablarda hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlar rus tilida olib borilmoqda. To‘g‘ri, bizda o‘zbek va rus guruhlari bog‘chalarda alohida tashkil etilgan, lekin bu mahalliy oilalar farzandlari rus tilida she’rlar aytib berolmaydi va rus tilini bilmaydi degani emas. Aksincha, biz yevropa millatlariga mansub deb biladigan rus, arman, tatar va boshqa millatlar vakillari o‘zbek tilini bilmaydi deb ta’kidlab bo‘lmaydi. Ular o‘zbek tilini juda yaxshi bilishadi".
Hamkasbi so‘zlarini tasdiqlash uchun, suhbatimizga endigina kelgan o‘qituvchi qo‘shiladi.
"Mening ikki nafar farzandim bor - o‘g‘lim yettinchi sinfda, qizim beshinchi sinfda o‘qiydi. Ular bog‘chada rus guruhiga borishgan, va rus maktabiga o‘qishga berdim. Ular uchun ona tili - rus tili desam ham bo‘ladi. Biz uyda ko‘pincha rus tilida gaplashamiz", - deydi dotsent Boboxonov.
"Mening farzandlarim ham rus tilida ta’limga ixtisoslashgan bog‘cha va maktablarga borishgan. Keyinchalik o‘g‘lim Toshkentdagi Moskva universiteti filialida o‘qidi, qizim chet tillar institutida. Doktoranturani rus tilida davom ettirishdi. Bizda mahalliy millat fuqarolari o‘zbek tilidagi, yevropa millatiga mansublar rus tilidagi maktabga yoki oliygohga borishi kerak, degan aqida yo‘q. Bu ota-onalar tanlovi", - deb hamkasbi so‘zlarini tasdiqlaydi Shahnoza Ishniyazova. "Mana hamkasbim farzandlari uchun rus maktabini tanladilar, hech kim uni majburlamadi, bu uning shaxsiy tanlovi"- deya qo‘shib o‘tdi.
"Nima uchun rus tilini tanladim? - savol beradi Boboxonov. – Hzbek tilini oilada ham o‘rganish mumkin, biz bilan gaplashishadi, maktabda ham uni o‘rgatishadi – ikkala til bo‘yicha ham baholari a’lo. O‘ylaymanki, farzand rus tilini bilsa, qo‘shimchasiga ingliz tilini bilsa bu faqatgina plyus".
Ishniyazovaning ta’qidlashicha, Samarqandda yana bir tilni yaxshi bilishadi – tojik tilini, chunki ko‘pchilik bu tilda gapiradi. Shahrimizda til o‘rganish markazlari juda ko‘p, ota-onalar farzandlarini ingliz, nemis, fransuz tillarini o‘rgatadigan markazlarga berishga harakat qilishapti. Shuning uchun yosh avlodning ko‘pchiligi to‘rttagacha tilni bilishadi.
Ruslar oz – yo‘qotishlarni to‘ldirish kerak
"Lekin men ta’kidlab o‘tmoqchiman – rus tili biz uchun chet tili emas, bu bizning ona tillarimizdan biri. Biz shunday deb o‘ylaymiz. Aholining aksariyat qismi rus tilida gapiradi. Bilasizmi, bizda odamlarni rus tili uchun jabrlanayotganini gapirishsa hafa bo‘lib ketamiz. Bunga ishonmang! Meni yoshim ancha katta va men hech qachon birovni rus tilida gaplashayotgani uchun tahqirlanganini va rus maktablari berkitilayotganini eshitmaganman. Bu bo‘lmagan gap. Siyosiy uydirma", - deydi biroz xayajonlanib, bungacha hotirjam bo‘lgan Shahnoza Ishniyazova.
"Balandparvoz gaplar gapirayapti, deb o‘ylamang. Yuring, birga auditoriyaga boraylik, talabalardan ular nima sababdan bu dargohda tahsil olayotgani haqida o‘zingiz so‘rab ko‘ring", - kutilmaganda taklif qilib qoldi Shahnoza Ishniyozova.
Birinchi kurs filolog-talabalar dars o‘tayotgan xonaga kirdik. Shahnoza Ashirovna meni tanishtirdi, talabalar hijolat bo‘lganidan savollarga tez javob berishga botina olishmayapti, lekin asta-sekin chiqishib, hatto, ularning o‘zlari savolga tuta boshlashdi. Aniqlanishicha, talabalarning barchasi rus maktablarini bitirishgan, lekin ular orasida faqat bir qiz ko‘rinishidan slavan millatiga mansub, qolganlar O‘zbekistonda yashayotgan boshqa millat vakillari.
"Men yarim xitoy, yarim dungonman, oilamiz rusiyzabon. Menga rus tili juda yoqadi – u serqirra va qiziqarli. Rus filologiyasida o‘qish – mening istagim edi. Maqsadim - o‘qishni tugatishim bilan Rossiyaga borib, jurnalist bo‘lish, ma’lum bir kerakli tajriba orttirib, O‘zbekistonga qaytib kelib, televideniyeda ishlash", - deydi Kamila.
"Men tojikman, rus tilini o‘rganyapman, chunki mening oilam ham rusiyzabon. Uyda rus va tojik tillarida gaplashamiz. Shuningdek, buvim ham filolog bo‘lganlar, ota-onam ham maktabda rus tilida o‘qishgan. Rus tilini bilmaganimizda, fikrimcha, ko‘p narsani yuqotgan bo‘lardik, birinchi navbatda, Pushkin, Lermontov, Tolstoy kabi rus yozuvchilar asarlarini original tilda o‘qiy olmagan bo‘lardik", - deydi Nigora.
"Men esa she’rlar yozaman. Rus tilini o‘rganish xobbim. She’rlarimni o‘zbek tilida ham yoza olaman, ingliz tilida ham. Lekin rus tilidagilari boshqacha jarang topadi. Kelajakda yozuvchi bo‘lmoqchiman, keyin o‘z musiqiy guruhimni tuzmoqchiman. Men musiqa ham bastalayman", - deydi Timur, orqada o‘tirgan qizlar esa u gitarani yaxshi chaladi, deya qo‘shimcha qilishadi.
Timurdan she’r aytib berishni so‘radik, u besh daqiqa davomida butun auditoriyani o‘ziga mahliyo qildi.
"Bu 2000-chi yillar bolalari", - deya izoh beradi dotsent Ishniyazova.
So‘ngra auditoriyaga murojaat qilib, o‘qishdan keyin Rossiyaga ketmoqchi bo‘lganlardan qo‘lni ko‘tarishni so‘radi. Yigirmadan ziyod talabadan besh nafari qo‘l ko‘tardi, xolso. Shundan so‘ng hamma o‘zini erkin his qila boshladi, o‘zlari haqida gapirishga kirishdilar. Xusravga rus tili dasturlashda qo‘llash uchun kerak, Nargiza rus tili orqali ingliz tilini o‘zlashtirmoqchi, Sabinani buvisi rus tili va adabiyot o‘qituvchisi bo‘lgan va u uning izidan borishga qaror qildi.
Boshka xonadagi ikkinchi kurs talabalariga o‘tdik – ular ancha erkinroq. Katta auditoriya ichida faqatgina bitta qiz ko‘rinishidan slavan millatiga mansub.
Shoxsanamning aytishicha, oilasida dadasi rus tilida, onasi esa o‘zbek tilida gaplashadilar. O‘zi esa to‘rtinchi sinfdan rus tiliga ishtiyoq qo‘ygan va maktabni tugatgach qayerga o‘qishga kirish xususida savol to‘g‘ilmagan. "Maktabda o‘qituvchilarimiz yaxshi bo‘lishgan, men o‘qituvchiga o‘xshagim kelgan", – deydi u.
Tatar millatiga mansub Nigina teatr tomoshalarida ishtirok etadi va rus tilisiz ko‘pchilik rollarni o‘ynay olmagan bo‘lardi. Tojik millatiga mansub Ruslanning buvisi rus. Bundan tashqari uning uyida so‘zlashiladigan til – rus tili.
Bu guruhdagilarning rejalari ham o‘xshash – O‘zbekistondan ketmokchi bo‘lganlar kam. Asosan gap Rossiyada o‘qish, kelajakda qaytib kelish to‘g‘risida ketmoqda.
Tarjimonlarga talab
"Bizning Rus va chet el adabiyoti kafedrasida bitta arman, uch nafar rus, besh nafar tatar, tojik millatlariga mansub o‘qituvchilar ishlaydi, qolganlari o‘zbek. Kafedramiz davlatimiz kabi ko‘pmillatli", - hursand bo‘lib deydi Shahnoza Ishniyazova, kafedraga qaytayotganimizda.
Ma’lum bo‘lishicha, rus filologiyasi fakultetida jami beshta kafedra mavjud. Undan uchtasi rus tili va adabiyoti kafedralari. Ikkitasi boshqa chet tillariga taalluqli – roman-german va ingliz.
Rus filologiyasi fakultetita qanday qilib chet tili kafedralari paydo bo‘lgan degan savolimga: "Tarjimonlarni tayyorlashga o‘tkir ehtiyoj paydo bo‘lgan, bu davr talabi", - deya javob berishadi.
"Maxsus tarjimonlik fakulteti bizda yo‘k, o‘zbekcha-ruscha va ruscha-o‘zbekcha tarjimalar masalasi juda muhim. Shuning uchun maxsus mutaxassislarni tayyorlashni boshladik, fakultetni kengaytirdik", - dedi Ishniyazova so‘zi yakunida.