“Ommaviy diktant” chinakam bayramga aylandi - Nikolskaya

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKoordinator aksii "Totalniy diktant" v Tashkente Natalya Nikolskaya
Koordinator aksii Totalniy diktant v Tashkente Natalya Nikolskaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda Rus madaniyat markazi rahbar o‘rinbosari, “Ommaviy diktant” aksiyasi koordinatori Natalya Nikolskaya Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ushbu ommaviy tadbir qanday o‘tgani haqida so‘zlab berdi.

Tadbir koordinatorining so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik o‘zbekistonliklar uchun har yilgi sevimli an’anaga aylandi.

Odamlarga tadbirdagi samimiy muhit juda yoqadi.

“Ayrim auditoriyalar barcha istak bildirganlarni qabul qila olmaganligiga qaramasdan maydonchalarda ommaviy diktant aksiyasi juda samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi”, - dedi ekspert Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Rus madaniyat markazi vakilining so‘zlariga ko‘ra, kelasi yili Toshkentda ommaviy diktant maydonchalari yanada ko‘payadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yili “Ommaviy diktant” O‘zbekistonning uchta – Toshkent, Namangan va Nukus  shaharlarida o‘tkazildi.

Nikolskaya: na "Totalniy diktant" lyudi prixodat kak na prazdnik
Yangiliklar lentasi
0