"Savodxonlik bayrami": Toshkentda o‘tkazilgan "Ommaviy diktant" aksiyasidan reportaj

© Ramiz BaxtiyarovAksiya "Totalniy diktant" proshla v Tashkente
Aksiya Totalniy diktant proshla v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk, qudratli va juda murakkab! Rus tilidan qay darajada bilimga ega ekanliklarini bugun dunyo bo‘ylab ikki yuz mingdan ziyod odamlar sinab ko‘rdilar. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrining o‘zida ushbu aksiyada ishtirok etishni istaganlar soni mingdan oshdi va xohlovchilar uchun 7ta maydon hozirlandi

TOShKENT, 13 apr - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bu yilgi "ommaviy diktant" tadbiri - Rossiya tarixidagi eng keng ko‘lamli tadbirga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki aksiya bepoyon o‘lka - Rossiya sarhadlaridan tashqarida ham katta qiziqish qozona oldi. Oltita kontinent, 79ta davlatdan 200 mingdan ortiq ishtirokchilar bugun rus tilidan bilimlarini sinab ko‘rdilar.

Dunyo bo‘ylab jami 2,6 ming maydon tayyor holatga keltirilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda esa Toshkent, Namangan va Nukus shaharlarida hozirlangan maxsus maydonlarda ushbu aksiyada bevosita ishtirok etish mumkin edi.

Sputnik O‘zbekiston muxbirlari Toshkent shahridagi tayyor holatga keltirilgan 7ta maydonning biri - Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib, ushbu aksiyada bevosita ishtirok etdilar hamda bevosita tadbir ishtirokchilari bilan suhbatda bo‘ldilar.

© Ramiz BaxtiyarovAksiya "Totalniy diktant" proshla v Tashkente
Savodxonlik bayrami: Toshkentda o‘tkazilgan Ommaviy diktant aksiyasidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Aksiya "Totalniy diktant" proshla v Tashkente

Diktant yozish uchun universitetga tashrif buyurganlar orasida maktab o‘quvchilaridan tortib, pensionerlargacha bor edi.

© Ramiz BaxtiyarovAksiya "Totalniy diktant" proshla v Tashkente
Savodxonlik bayrami: Toshkentda o‘tkazilgan Ommaviy diktant aksiyasidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Aksiya "Totalniy diktant" proshla v Tashkente

Mendan oldinda ro‘yxatdan o‘tish uchun navbatda turgan keksaroq yoshdagi ayoldan qiziqib so‘rayman: "Siz ham diktant yozishga keldingizmi?". "Albatta, o‘tgan yillari ham ishtirok etishni xohlagan edim, biroq nasib qilmagan edi. Bu yildan nafaqadaman, endi vaqt topa olaman, shu uchun bugun universitetga keldim. Savodimni sinab ko‘rmoqchiman", dedi tabassum bilan suhbatdoshim.

© Ramiz BaxtiyarovV "Totalnom diktante" proshedshem v Tashkente uchastvovali i molodej i pensioneri
Savodxonlik bayrami: Toshkentda o‘tkazilgan Ommaviy diktant aksiyasidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
V "Totalnom diktante" proshedshem v Tashkente uchastvovali i molodej i pensioneri

Operator Ramiz Baxtiyarov bilan Universitetda hozirlangan ikki auditoriyaning kattarog‘iga, 150 ishtirokchi to‘plangan zalga yo‘l olamiz. Toshkent vaqti bilan 13.00da muallif Pavel Basinskiyning bu yilgi ommaviy diktant uchun maxsus yozilgan matnini rus tili bo‘yicha mutaxassis, filolog Elvina Aliyeva o‘qib eshittiradi.

Basinskiy tomonidan yozilgan matn, bir qarashda oson tuyulgani bilan, aslida punktuatsiya jihatidan ayyorona tuzilgan, qolaversa, rus tilini ikkinchi til sifatida o‘rganayotgan chet elliklar uchun matnda notanish so‘zlar ham uchraydi.

Toshkentlik Anton Rakitskiy "Ommaviy diktant" aksiyasida 4-yildan beri qatnashib kelar ekan.

"Albatta, bu vaqt ichida diktant texnologiyasi menga tanish bo‘lib qolgan. Shu bois, an’anaga ko‘ra, aprel oyi kelishi bilan, navbatdagi bor o‘z savodxonligimizni sinab ko‘rish uchun, "Ommaviy diktant" o‘tkaziladigan sana e’lon qilinishini intiqlik bilan kutamiz", - deydi u.

© Ramiz BaxtiyarovJitel Tashkenta Anton Rakitskiy uje chervertiy god podrad uchastvuyet v aksii "Totalniy diktant".
Savodxonlik bayrami: Toshkentda o‘tkazilgan Ommaviy diktant aksiyasidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Jitel Tashkenta Anton Rakitskiy uje chervertiy god podrad uchastvuyet v aksii "Totalniy diktant".

Anton bu yilgi diktant matni borasida fikr bildirar ekan, har safar matn eshitilganda, oson tuyulishini, ammo yozayotganda turli shubhalar yuzaga kelishini yashirmaydi.

"Aslida diktant matnini tuzadigan muallifning vazifasi ham shunda, ya’ni shunday murakkabliklarni yuzaga keltirish va matnga kiritishda, toki yozadigan odam fikrlab, albatta u qo‘ygan masalaga javob topa olsin", - deydi u.

Yana bir ishtirokchi - Yulduzning aytishicha, ushbu savodxonlik aksiyasida ikki yildan buyon ishtirok etib keladi.

© Ramiz BaxtiyarovYulduz uje vtoroy god podrad uchastvuyet v aksii "Totalniy diktant"
Savodxonlik bayrami: Toshkentda o‘tkazilgan Ommaviy diktant aksiyasidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Yulduz uje vtoroy god podrad uchastvuyet v aksii "Totalniy diktant"

"Menga bu loyihaning o‘zi juda yoqadi. Atrofga qarang - turfa yoshdagi odamlar bitta auditoriyaga jamlangan. Bu nihoyatda ta’sirli va ajoyib! Qolaversa, har safar bu gal nechchi olar ekanman, degan qiziqish ustun keladi. Hayotim davomida hech bo‘lmaganda bitta "2"ni olishga ulgurishim kerak-ku", - deya kuladi suhbat yakunida suhbatdosh. Yulduzning aytishicha, bu yilgi matn o‘tgan yilgidan osonroq bo‘lgan, suhbatdoshim o‘tgan yilgi diktant uchun olgan bahosini aytishni xohlamadi.

Darvoqe, bu yilgi "Ommaviy diktant" tadbiri O‘zbekistonda mingdan ziyod ishtirokchilarni jalb eta oldi. Tashkilotchilarning aytishicha, aholi tomonidan rus tiliga bo‘lgan qiziqishning tobora ortayotgani ularni juda xursand qildi.

© Ramiz BaxtiyarovToshkentda diktant matnini o‘qib eshittirgan Elvina Aliyevaning aytishicha, ushbu aksiyaga O‘zbekistonda qiziqish tobora ortmoqda
Savodxonlik bayrami: Toshkentda o‘tkazilgan Ommaviy diktant aksiyasidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda diktant matnini o‘qib eshittirgan Elvina Aliyevaning aytishicha, ushbu aksiyaga O‘zbekistonda qiziqish tobora ortmoqda

Ushbu aksiya yakuni taxminan bir oydan so‘ng e’lon qilinadi, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Yangiliklar lentasi
0