Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Ukrainada qo‘lga olindi

Qo‘lga olingan 23 yoshli yigit voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilishda gumonlanmoqda. Interpol Toshkent shahar IIBBga 23 yoshli jinoyatchini qo‘lga olishga yordam berdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan O‘zbekiston fuqarosi Ukrainada qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

O‘zbekistonda qidiruvga berilgan jinoyatchi Rossiyada qo‘lga olindi

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB xodimlariga jinoyatchini qo‘lga olishda O‘zbekiston IIVdagi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi, shuningdek, Interpoldagi hamkasblari ko‘maklashgan.

Aniqlik kiritilishicha, 23 yoshli S.A. O‘zbekiston JKning 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) va 127-moddasida (“Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish”) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Hozirda jinoyatchi Toshkentga olib kelingan va sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llagan.