AQSh yangi raketa yaratish uchun sal kam milliard dollar ajratdi

Lockheed Martin korporatsiyasiga AQSh havo harbiy kuchlari uchun yangi ARRW raketa ishlab chiqilishi uchun 988,8 million dollar ajratildi.
Sputnik

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. AQSh Pentagoni tomonidan Lockheed Martin korporatsiyasiga AQSh havo harbiy kuchlari uchun yangi ARRW raketa tayyorlanishi uchun 988,8 million dollar ajratildi.

Rossiyada qit’alararo ballistik raketa sinovdan o‘tkazildi

Raketa tayyorlash ishlari Orlandoda amalga oshiriladi va 2022-yil 31-dekabrda o‘z yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, kompaniya yangi loyihani ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi kerak.

Iyun oyida AQSh HHK ilk bor gipertovushli AGM-183A (ARRW) raketasini muvaffaqiyatli sinovini o‘tkazgandi. Bu raketa B-52 Stratofortress bombardimonchisiga o‘rnatilgan.

Lockheed Martin, boshqa kompaniyalar bilan birgalikda, 2018-yildan beri ARRW taktik gipertovushli raketani ishlab chiqmoqda. O‘sha vaqtda shu maqsadlar uchun 480 million dollar ajratilgandi.