Rossiya 2020-yilga mehnat migrantlari uchun kvotalar miqdorini e’lon qildi

Qonun loyihasiga ko‘ra, kelgusi yilda Rossiya 105 ming nafar mehnat migrantlarini jalb qilishni rejalashtirgan.
Sputnik

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Rossiyada 2020-yilga mehnat migrantlarini jalb qilish uchun belgilanadigan kvotalar to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi, deb xabar qilmoqda Rossiya mehnat vazirligi. 

Rossiya IIV deport qilingan migrantlar sonini ochiqladi

"Ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha uchoqlama komissiya yig‘ilishida 2020-yilga mehnat migrantlarini jalb qilish uchun kvotalarni belgilash bo‘yicha qonun loyihasi ma’qullandi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Hujjatda 2020-yilda Rossiya mehnat bozorida chet ellik ishchi kuchiga bo‘lgan talab aniqlashtirilgan. Kelgusi yilda Rossiya 105 ming mehnat migrantlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Bu ko‘rsatkich esa 2019-yilgi ehtiyojga ko‘ra 72,6%ni tashkil etadi, deya aniqlik kiritadi Mehnat vazirligi.