TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Muntazam ravishda och qolish yurak yetishmovchiligi xavfini kamaytiradi va umrning uzayishiga yordam beradi. Amerika yurak assotsiatsiyasi olimlar shunday xulosaga kelishdi, deya yozadi MedicalXpress.
Tadqiqot davomida ikki mingga yaqin kishi yurak kateterizatsiyasidan (yurak ichiga ingichka naycha yuborish) o‘tgan. Ulardan 389 tasi muntazam ravishda och qolgan. Tadqiqot to‘rt yil davom etgan.
Aniqlanishicha, och qolganlar orasida o‘lim holati tadqiqotning boshqa ishtirokchilariga qaraganda 45 foizga kam bo‘lgan.
Yosh bo‘lish siri: olimlar qanday odamlar sekin qarishini aniqladilar
Qolaversa, mutaxassislar tadqiqot ishtirokchilarining ma’lumotlarini tahlil qilib, och qolganlar 71 foizga kam hollarda yurak xurujini boshdan kechirishganini aniqlashgan.