Rossiya Qirg‘izistonga ikki dona harbiy vertolot va radioaloqa stansiyani sovg‘a qildi

Rossiya Qirg‘izistonga ikki dona qo‘pnishonli MI-8MT vertolotlarini va P-18 radioaloqa stansiyalarni sovg‘a qildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiya Qirg‘izistonga ikki dona ko‘pnishonli MI-8MT vertolotlarini va P-18 radioaloqa stansiyalarni sovg‘a qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Rossiya Tojikistonga bepul qurol va harbiy texnikani taqdim etdi

Texnikani taqdim etish tantanali marosimi Kantdagi Qirg‘iziston Qurolli kuchlari havo mudofaa kuchlarining aviatsiya-texnika hududida o‘tkazildi.

Marosimda Qirg‘iziston QK qo‘mondonlik shtabi boshlig‘i muovini Nurlan Chomoyev va Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin nutq so‘zladi.

P-18 radioaloqa stansiyasi - havo obyektlarini aniqlaydi va kuzatadi, ularning koordinatalarini o‘lchab, qaysi davlatga tegishligini aniqlaydi.

Ko‘pnishonli MI-8MT vertoloti zarba berish, dushman otish joylarini yakson qilish uchun mo‘ljallangan. Quruqlikdagi qo‘shinlar, o‘q-dorilar, qurol-yarog‘larni, yuklarni va dori-darmonlarni tashish, yaradorlarni evakuatsiya qilishda foydalanish mumkin.