Moskva viloyatida patent narxi ko‘tarildi

Kelasi yildan boshlab mehnat migrantlari uchun patent to‘lovi oyiga 5350 rublni tashkil qildi. Bu haqda Moskva viloyati dumasi deputatlari tegishli qonunni qabul qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Moskva viloyati dumasi deputatlari viloyatda patent narxi keyingi yildan boshlab 350 rublga oshirish to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qilishdi, deb xabar qildi "Moskva" nashri.

Migrantlar Moskva budjetiga qancha daromad keltirgani ma’lum bo‘ldi

 2020 yilda patent narxi oyiga 5350 rublini tashkil qiladi.

Kuni kecha Moskva budjetiga yil boshidan patentlar rasmiylashtirishdan 13 milliard rubldan ortiq mablag‘ kelib tushgani haqida xabar qilgandik.

Yanvar-sentabr oylarida migrantlarga 338 ming dona patent rasmiylashtildi. Bu o‘tgan yilgan nisbatan 6 foizga oshdi.