O‘zbekistonlik milliarder “Yil homiysi” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Mukofotni topshirish marosimi Sankt-Peterburgdagi VII Xalqaro madaniyat forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Mukofotni Shodiyevga Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy topshirgan.
Sputnik

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan qozog‘istonlik milliarder Fattoh Shodiyev Rossiyada “Yil homiysi” mukofotiga sazovor deb topildi. Bu haqda MGIMO universitetning saytida xabar qilindi.

Mukofotni topshirish marosimi Sankt-Peterburgdagi VII Xalqaro madaniyat forumi doirasida bo‘lib o‘tgan. Mukofotni Shodiyevga Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy topshirgan.

O‘zbek milliarderi Moskvada migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tashkillashtirdi

Mukofot Rossiyadagi Kabuki teatri truppasi gastrollariga bosh homiylik qilganligi uchun berilgan.

Milliarder Shodiyev: O‘zbekiston bilan bog‘liq rejalarim ko‘p, nasib qilsa amalga oshiraman

“Yil homiysi” mukofoti Rossiya Madaniyat vazirligi tomonidan ta’sis etilgan, ilk taqdimoti 2014-yili bo‘lib o‘tgan. Mukofotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Rossiya hududida korxona, muassasa, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslarning madaniyat va san’at sohasidagi xayriya va homiylik faoliyatini faollashtirishdan iborat.

Milliarder Alisher Usmonov ham 2015-yilda Rossiyada “Yil homiysi” deb topilgan edi.