Visa o‘rniga PEPSI - Yevropa AQSh moliyaviy nazoratidan qutulmoqchi

Yevropada yangi to‘lov tizimi paydo bo‘lmoqda – 20ta Yevropa banki AQShning SWIFTi o‘rniga o‘z to‘lov tizimini  joriy etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Brussel Yevropa moliya tizimida Vashingtondan mustaqillikka erishishga qaror qildi. Yevropaning 20ta banki, jumladan eng yirik Deutsche Bank ham, amerikaning Visa va Mastercard o‘rnini bosuvchi yagona to‘lov tizimini ishlab chiqishga kirishdi, deb yozmoqda RIA Novosti eksperti Aleksandr Lesnix. 

Ajralish

Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi moliya-iqtisodiy siyosatida rasman mustaqil bo‘lsada, aslida Brussel kayfiyati ko‘p hollarda Vashingtonda belgilanadi. Tashqi savdosi dollar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab boshqa mamlakatlar ham shunday.

AQSh Yevropa kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritishi mumkin

Yevropaliklar AQSh moliya tizimiga tobelikni ilk bor 2018-yilda his qilishdi. O‘shanda Vashington Tehron bilan imzolangan yadroviy bitimdan chiqqib, kimda kim Eron neftini sotib olsa sanksiyalar qo‘llash bilan po‘pisa qilgan edi. O‘shanda Yevropa murakkab tanlov oldida qolgan edi: amerika sanksiyalari ostiga tushish yoki kuniga 500 barrel neftdan voz kechish.  

Bugungi kunda dunyodagi aksarat banklararo to‘lovlar SWIFT tizimi orqali amalga oshiradi. Uni esa AQSh nazorat qiladi. Vashington ushbu tizimni bloklab qo‘ysa – biznes ancha qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin.

Yevropa moliyachilari Vashington har qanday sabab bilan ularning operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish imkoniyatiga ega ekanligini yaxshi tushungan holda, o‘zlarining alohida bank to‘lov tizimini (INSTEX)  yaratishga kirishishdi.

Aytish joizki Rossiya va Xitoy o‘zlarining alohida bank tizimini allaqachon yaratishgan. Bu SPFS va CIPS.  Undan tashqari Rossiya va Xitoy o‘z moliyaviy platformalarini birlashtirishga kirishishgan. Keyinroq, Hindiston ham o‘z platformasi bilan ushbu tizimga qo‘shiladi.

Rossiya biznesi vakillari Visa va MasterCard ustidan arz qilishdi

Bu haqida Brazilida bo‘lib o‘tgan BRIKS sammitida e’lon qilindi. Birlashtirilgan to‘lov tizimlari shlyuz modeli orqali ishlaydi. Unda to‘lov haqida ma’lumotlar har bir davlat moliya tizimiga muvofiq ravishda qayta kodlanadi.

Bunday yondashuv Amerika moliyaviy siyosatidan xoli bo‘lish bilan birga savdo-sotiqni dollardan xalos qilish, milliy valyutalardan xalqaro savdoda foydalanshda keng imkoniyatlar yaratadi.

Visa o‘rniga PEPSI

Rossiya va Xitoy tajribasiga asoslanib, Vashingtonga bo‘y so‘nmagan to‘lov tizimini yaratish imkoni borligini tushungan Yevropaning 20ta eng yirik banklari ishchi nomi PEPSI bo‘lgan to‘lov tizimini ishga tushirdi. PEPSI (Pan-European Payment System Initiative), Yevropada Visa va Mastercard to‘lov tizimlarining o‘rniga kelishi kerak.

PEPSI to‘lov tizimi Yevropa kompaniyalariga nafaqat Eron balkim Vashingtonga yoqmagan boshqa davlatlar bilan ham erkin savdo olib borishni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. Amerika to‘lov tizimlari Yevropa fuqarolari nimalar xarid qilayotgani haqidagi ma’lumotdan mahrum bo‘ladi va bu amerika kompaniyalariga Yevropa bozorlariga kirish imkoniyatlarini cheklaydi.  

Pullar raqamli bo‘lgani yaxshi

Yevropa iqtisodiyotini amerika ta’siri ostidan chiqarishning yana bir usuli bu – raqamli pullar bo‘lishi mumkin. Noyabr boshida Deutsche Bank, Credit Suisse va Commerzbankdan iborat  Germaniya banklari Federal assotsiatsiyasi Yevroning raqamli analogini yaratish va uni umumevropa to‘lov tizimiga tatbiq etishni taklif qilishdi.

Rossiya aholisiga dollar o‘rniga oltin taklif qilindi

Shu bilan birga, nemislar ularning ushub tashabbusi kimga qarshi qaratilganini yashirayotganlari yo‘q. Xususan, Facebookning Librasi bir necha bor tilga olingan.

“Bu AQSh tomonidan o‘tkazilayotgan bosim va raqobatga dosh berishning yagona uslubidir”, - deyilgan assotsiatsiya xabarida.

Avgust oxirida Angliya banki rahbari Mark Karni ham shunga o‘xshash fikr aytgandi. Karniga ko‘ra butun dunyo iqtisodining faqat dollarga qaram bo‘lib qolgani bu – qaltis vaziyatdir, uni global tovarlar iste’mol savatiga asoslangan yangi raqamli valyuta bilan almashtirishni taklif qilgan edi.  

“Ko‘p qirrali dunyoda bizga ko‘p qirrali valyuta kerak. Bugungi kunda juda ko‘p mamlakatlar amerika valyutasi kursi o‘zgarishiga qaram bo‘lib qolgan. Undan tashqari global moliya tizimi ham muvozanatdan chiqib ketgan, chunki ayrim mamlakatlar salbiy moliyalash stavkasiga o‘tgan vaqtda AQSh va boshqa  davlatlar stavkani noldan yuqori darajada ushlab turibdi”, - deydi Angliya banki rahbari.

Uning fikriga ko‘ra, dunyo moliya tizimiga muvozanatni faqat yangi valyuta berishi mumkin va u raqamli bo‘lgani yaxshi.