Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tatariston prezidenti tashrifi davomida biznes-forum va hududlar orasida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Noyabr oyining oxirida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi REGNUM AA.

Zinnurov: turizm sohasida Tatariston va O‘zbekiston ajoyib munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan
Tashrif doirasida O‘zbekiston bosh vaziri bilan hamda vazirliklar va muassasalar orasida muzokarlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Tatariston va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari orasida biznes-forum tashkil qilish, uning natijalariga ko‘ra O‘zbekiston va Tatariston hududlari orasida hamkorlik shartnomalari imzolash rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston va Tatariston hamkorligini asoslovchi bir necha hujjatlar bor. Toshkentda 1992-yildan buyon Tatariston vakolatxonasi faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekiston va Tatariston orasidagi hamkorlik 2-3 baravar ortadi
Toshkent, Samarqand, Farg‘ona shaharlari hamda Qozon shahri orasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek O‘zbekiston va Tatariston orasida temiryo‘l qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan yil davomida Tatariston va O‘zbekiston orasida tovar ayirboshlash 57%ga oshib 146 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. Tataristonning yetakchi korxonalari "KamAZ”, "TAIF", "KMPO", "Pozis" shuningdek PAO "Tatneft" korxonali bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Tatariston OTMlarida 3000 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Tataristondagi o‘zbeklar milliy-madaniy avtonomiyasida 8,8 ming a’zo bor.