G‘arb o‘zining "yangi e’tiqodini" O‘zbekistonda targ‘ib qila oladimi - ekspert javobi

G‘arb o‘zining "yangi e’tiqodini" Markaziy Osiyo davlatlariga, shu jumladan, O‘zbekistonga singdira oladimi, degan savolga javob berar ekan, Aleksandr Rar bu savolni yosh avlodga yo‘naltirish kerak, deya ta’kidladi.
Sputnik

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Samarqandda o‘tkazilgan Valday klubining X Osiyo anjumanida xalqaro darajada faoliyat yurituvchi nemis jurnalisti Aleksandr Rar G‘arb va Rossiya, shuningdek, G‘arb va Sharq davlatlari o‘rtasida mavjud qadriyatlar to‘qnashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Pentagon harbiy xizmatchiga gey-paradda formada qatnashishga ruxsat berdi

"Rossiya va G‘arb o‘rtasida mavjud kelishmovchiliklardan biri - bu qadriyatlar to‘qnashuvidir. G‘arbning nazdida u Yer yuzidagi eng insonparvar tizimni yaratgan. Bu tizimdan ozchilik (LGBT vakillari demoqchi, tahr.)ga nisbatan hurmat va ularning haq-huquqlarini mustahkamlash o‘rin olgan. Albatta, bu yaxshidir. Lekin aynan shu narsa ko‘pincha ijtimoiy tartibning buzilishiga olib keladi", - dedi ekspert.

Rarning fikricha, bunday "insonparvar tizim"ni yaratayotganda, albatta dushman kerak bo‘ladi. Rossiya esa G‘arbga bu borada juda qo‘l keladi.

"Rossiyada gomoseksualizm rasman ta’qiqlangan, u inkor etiladi, demakki, G‘arb Rossiyaga qo‘lini bigiz qilib "bizning qadriyatlarimiz unga yot", deya jar solishi mumkin, deya izoh beradi jurnalist.

G‘arb hatto bu holatni yashirmaydi.

"Germaniya kansleri (Angela) Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kechgan uchrashuvlarning birida bugun g‘arb uchun inson himoyasi, insonparvarlik, insonparvarlik qadriyatlari kabi masalalar eng muhim masalalardan biri ekanligini aytgan edi. "Bugungi Yevropa bu. Biz geosiyosatdan voz kechdik, lekin o‘zimizning qadriyatlarimiz uchun kurashdan voz kechganimiz yo‘q va ularni targ‘ib etishda davom etamiz", degan edi o‘shanda Merkel", - deydi Aleksandr Rar.

Chechenistonda geylar ta’qibga uchraganmi? AQSh tekshirishga qaror qildi

Ekspert nigohida bugun dunyodagi mavjud kelishmovchilik ham mana shu "qadriyatlar kurashida". Va G‘arb nazdida inson huquqlari buzilgani uchun nafaqat Rossiyani, balki O‘zbekistonni, Ozarbayjonni, Qozog‘istonni, Belarus va boshqa ko‘plab davlatlarni bot-bot koyib kelishadi. 

"Bu eng oson yondashuv. Ma’lum ma’noda hatto reallikdan uzoq ham. Negaki, har bir jamiyatning o‘z an’analari, ayolga, oilaga nisbatan munosabati mavjud. Va bunday vaziyatda, meni nazarimda Yevropa o‘zg qadriyatlarini boshqalarga xuddi yangi e’tiqod singari "yopishtira olmaydi". Muammo ham shu tufayli kelib chiqmoqda", - dedi Rar.

G‘arb o‘z e’tiqodini Markaziy Osiyo, shu jumladan O‘zbekistonga singdira oladimi, degan savolga javob berar ekan, ekspert bu savolga yosh avloddan boshqa hech kim javob bera olmasligini ta’kidlaydi.

"Bu hozirgi avlodga yo‘naltiriladigan savoldir. Agar yosh avlod erkinlik va ehtiyoj barchasidan ustun, degan fikrga kelsa, u holda haqiqiy "qarashlar inqilobi" vujudga kelib, shu paytgacha yashab kelgan qadriyatlar o‘zgarishi mumkin. Lekin bir narsani aytishim mumkin, misol uchun, bugun Yevropada yoshlarga erkinlik kerak emas. Bugun ular uchun xavfsizlik barchasidan ustun", - deya o‘z fikrini yakunladi siyosatshunos.