Futbol, bukmekerlik va video yordamchi hakam tizimi: prezident qarori tayyorlandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasini tayyorladi.
Sputnik

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

IIBB futbol ishqibozlariga murojaat qildi

Qaror loyihasida O‘zbekiston Respublikasida professional futbolni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilash takliflari bayon etilgan:

- bolalar va o‘smirlarni futbol bilan shug‘ullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommaviylashtirish, bu borada umumta’lim maktablari, boshqa ta’lim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol bo‘yicha musobaqalarni muntazam ravishda tashkil etish;

- yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish, ularni bosqichma-bosqich professional tayyorgarlikdan o‘tkazib borish orqali futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish;

- futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va ularni rag‘batlantirish, futbol sohasini bozor mexanizmlari asosida boshqarish, futbol klublarini xususiy sektorga o‘tkazish hamda ular orasida sog‘lom sport raqobati muhitini yaratish;

Futbol ishqibozi Shomurodovni Rossiya terma jamoasiga chaqirishni talab qildi

- futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo‘lga qo‘yish orqali “o‘zbek futboli” brendini yaratish.

- xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish orqali O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazini tashkil etish;

- xalqaro tajribadan kelib chiqib, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga muvofiq 2021-yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish;

Shuningdek, qaror loyihasida 2021-yil 1-yanvardan boshlab, xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish bayon etilgan.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar futbol faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tomonidan bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanish, totalizator o‘ynash, o‘yinga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishilgan o‘yinlar o‘tkazish, ularda ishtirok etish yuzasidan javobgarlikni belgilash bo‘yicha Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin”, - deyilgan loyihada.

Qaror ilovasiga O‘zbekistonda futbolni 2030-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi ilova qilingan.