TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Iqtisodchi Odil Olimjonov O‘zbekistonning YeOIIga kirishi nima sababdan foydali bo‘lishini tushuntirdi
“Biz Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar bilan birga Yevroosiyo qit’asida yashaymiz va bizning iqtisodiy munosabatlarimiz bir yilda paydo bo‘lmagan: hamkorlik bir necha asrlar davom etib kelmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi – bu yagona xalq xo‘jaligi kompleksi. Hozir bir qancha tanaffusdan so‘ng mamlakatlar o‘rtasida yana yaqinlashish jarayoni kuzatilmoqda. O‘zbekistonning YeOOIga qo‘shilishi barcha uchun foydali bo‘ladi deb hisoblayman”, - dedi Olimjonov Sputnik muxbiri Aleksey Stefanov bilan bo‘lgan suhbatda.
Ekspertning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston uchun tovarlarni eksport va import qilish yanada osonlashadi, zeroki YeOII yagona bojxona maydoniga ega.
Yana bir muhim masala mamlakatning xorijda yashab va mehnat qilib kelayotgan fuqarolari bilan bog‘liq.
“Hozirda ikki milliondan ziyod o‘zbekistonlik migrantlar xorijda, asosan Rossiyada ishlaydi. Ular hozir o‘zlarining katta pulini patentga topshirishadi. YeOIIga kirsak, ular uchun bo‘lgan sharoit yaxshi tomonga o‘zgaradi”, - deya hisoblaydi ekspert.
“Ittifoqning amaldagi a’zolari ham foyda ko‘rishadi, zeroki O‘zbekiston yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi salohiyatiga ega”, - dedi Olimjonov.
“Valday” klubining X Osiyo anjumani Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida Taraqqiyot va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Shuningdek, rossiyalik va o‘zbekistonlik ekspertlar ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalarini muhokama qilishdi.