Chegara postiga hujum qilgan jangarilarning maqsadi O‘zbekiston bo‘lgan - Xoliqnazar

Chegara postiga hujum qilgan “IShID”* jangarilar O‘zbekiston hududiga o‘tish uchun harakat qilishgan, deb hisoblaydi Xudoberdi Xoliqnazar.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Markaziy Osiyo va Xitoyni o‘rganish markazi jamoat tashkiloti direktori Xudoberdi Xoliqnazarning fikriga ko‘ra, chegara postiga hujum qilgan “IShID”* jangarilari O‘zbekiston hududiga o‘tish uchun harakat qilishgan.  

Xudkush-ayollar chegara postiga hujum vaqtida, qasos haqida o‘ylagan bo‘lishi mumkin – Linder

“Ishidchilar chegaradan o‘tishdi va “Ishqobod” chegara postida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegaradan o‘tishmoqchi bo‘lishdi”, - dedi Xoliqnazar Sputnik Tojikiston bilan suhbatda.

Ekspert ta’kidlashicha, tojik-o‘zbek chegarasidagi “Ishqobod” chegara zastavasiga hujum Toshkentda ShHT mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi yig‘ilishi arafasida amalga oshirilgan.

“So‘roq paytida terrorchilar bu yangi IShID yetakchisiga qasamodi bo‘lgani, uning g‘oyalariga sodiqlikni namoyish qilishni istashganligini aytishdi”, - deb qo‘shimcha qildi Xoliqnazar.

Tojikiston chegara zastavasiga hujum

Oltinchi noyabr kuni kechasi Tojikiston va O‘zbekiston chegarasidagi “Ishqobod” chegara zastavasiga 20 kishidan iborat bo‘lgan qurollangan guruh hujum qildi.

Tojikiston MXDQ ma’lumotlariga ko‘ra, niqobli kishilar tojik huquq-tartibot organ xodimlariga o‘q ochishgan. Otishma oqibatida chegarachilar 15 nafar jangarini yo‘q qilishdi, 5 nafar jangari qo‘lga olindi.

Chegara postiga hujum qilgan terrorchi-ayollar qayerda tayyorgarlik ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Jangovar to‘qnashuv vaqtida Tojikiston tomonidan 6 nafar xodim halok bo‘ldi.

Qo‘lga olinganlar so‘roq vaqtida IShID a’zolari ekanligini tan olishdi.

Ko‘rsatmalarga asosan, ular 3-noyabr kuni kechasi tojik-afg‘on chegarasidagi Kalai Zol uyezdidan Xatlon viloyati Kubodiyon tumaniga o‘tishgan.  

Bundan avval “IShID” Tojikiston “Ishqobod” chegara postiga hujumni o‘z zimmasiga olgandi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot