Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi yo‘l chetida o‘tirgan ikki fuqaroni urib yubordi

Yuk mashinasi urib yuborgan fuqarolardan biri olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida, ikkinchisi esa tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘iston respublikasi Amudaryo tumanida “Gaz 52” yuk mashinasi yo‘l qatnov qismining chetida o‘tirgan ikki nafar fuqaroni urib yubordi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 9-noyabr kuni taxminan soat 02:00 larda 40 yoshli haydovchi E.A. mashinasini Amudaryo viloyati “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 avtomobil yo‘lining 727 kilometrda boshqarib ketayotib, yo‘l qatnov qismining o‘ng chetida o‘tirgan ikki nafar fuqaro 40 yoshli B.K. va 39 yoshli K.A. larni urib yuborgan.

"Lasetti" urib yuborgan leytenantni tasvirga olgan "operator"ga chora ko‘riladi - IIBB

Natijada B.K. olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida, K.A. esa tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda haydovchi gumon sifatida so‘roq qilingan

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tegishli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.