TOShKENT, 10 noya — Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachov Sovet Ittifiqi parchalanishida avgust oyidagi davlat to‘ntarishi tashkilotchilari aybdor ekanini ma’lum qildi.
“Qayta qurish oxiri va Sovet Ittifoqi parchalanishi uchun 1991-yil avgust oyida davlat to‘ntarishini tashkil etgan, to‘ntarishdan so‘ng SSSR prezidentining zaiflashgan pozitsiyasidan foydalanganlar javobgarlar”, - deya ma’lum qildi Gorbachov Germaniyaning Der Spiegel jurnaliga bergan intervyusida.
U qayta qurishning ehtimoliy xatarlarnini anglaganini, ammo mamlakat rahbariyati o‘zgarishlar zarurligini tushunganini qo‘shimcha qilgan.
“Avvalgidek yashashning iloji yo‘q edi. Qayta qurishning muhim qismi ham umuminsoniy qadriyatlar va yadroviy qurolsizlanish, ham tanlov erkinligini qamrab olgan yangi tashqi siyosat edi”, - deya tushuntirgan so‘nggi sovet yetakchisi.
Gorbachov qayta qurishdan afsuslanmasligi, lekin islohotlar yo‘lida xatolar va kamchiliklar bo‘lganini tan olishini ta’kidlagan. Shuningdek, u Rossiya totalitar tuzumga hech qachon qaytmasligi haqida fikr bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Gorbachov NATOni kengaytirish qarorini G‘arbning eng katta strategik xatosi deb bilishini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.