Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari belgilandi

Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Toshkentda 66 mingdan ortiq zamonaviy chiqindi qutisi o‘rnatiladi

Tasdiqlangan qoidalarda, jumladan, quyidagilar belgilandi:

- maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil qilish tartibi;

- qattiq, suyuq, yirik gabaritli va qurilish chiqindilarini yuklash hamda tashish tartibi;

- maishiy chiqindilarni poligonlarga (chiqindixonalarga) joylashtirish tartibi;

- chiqindi tashishga ixtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yo‘nalishlarini belgilash tartibi;

- ixtisoslashtirilgan transport vositasi va uning ekipajiga, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar.