Tojikiston rasmiylari yana ikki harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

So‘g‘d viloyati rasmiylari chegara postida jangarilar hujumi oqibatida yana ikki harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi. Respublika IIV sukut saqlamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Tojik-o‘zbek chegarasidagi "Ishqobod" postiga qilingan hujum qurbonlari haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Jangarilar tomonidan o‘ldirilgan harbiylar soni besh nafarni tashkil qildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston viloyat xokimligi vakillariga asosan.

Chegara postiga hujum qilgan terrorchi-ayollar qayerda tayyorgarlik ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, kapitan Dilovar Tolibov dafn marosimi Kanibodomda, oddiy askar Xofizjon Xusaynov esa Panjikentda bo‘lib o‘tdi. Unda So‘g‘d viloyati xokimi o‘rinbosarlari, shahar merlari, chegara xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Kanibodom shahri meri o‘rinbosari Asror Gufonzoda Sputnik Tojikiston bilan suhbatda Dilovar Tolibovning dafn marosimi 7-noyabr soat 10 da bo‘lganligini ma’lum qildi. Unda Kanibodom rahbari Zafarbek Davlatzoda va So‘g‘d viloyati raisi o‘rinbosari Rustam Karimzoda ishtirok etdi.

“Dilovar Tolibov Konibodom shahridagi Kazokon qabristonida dafn etildi”, - dedi Gufonzoda.

Zobit Dilovar Tolibov 29 yoshda edi. 2014-yil harbiy bilim yurtini bitirgandan so‘ng chegara qo‘shinlariga xizmatini davom etish uchun yuborilgandi.

O‘zbek-tojik chegarasida halok bo‘lganlar ismlari aytildi

Panjikent shahri Faryob jamoati rahbari Amonqul Xamroyev Sputnik Tojikiston’ga Xofizjon Xusaynov dafn etilgani haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, janozada So‘g‘d viloyati rahbari birinchi o‘rinbosari, Panjikent shahri meri Islom Ziyozoda, chegara xizmati boshlig‘i o‘rinbosari ishtirok etdi.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi dastlab ikki nafar xodim: Izzatullo Abubakr va Bahrom Shahzoda halok bo‘lgani haqida xabar qilgandi. Bundan tashqari, yana bir xodim G‘anijon Davlat o‘ldirilgani haqida aytildi.

Tojikiston huquq-tartibot idoralari qurbonlar to‘g‘risida ma’lumotni tasdiqlamadi yoki rad etmadi.

Hodisadan so‘ng ikki kun davomida bu mudhish fojia haqida batafsil ma’lumot Tojikiston rasmiy idoralari saytlarida berilmadi.