"Sovremennik" 40-yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonda

"Sovremennik" teatri aktorlari O‘zbekistonga sayohatni intiqlik bilan kutishmoqda. Teatr matbuot-kotibi Yelena Volkovaning so‘zlariga ko‘ra, bu ularga o‘zgacha ijodiy mazmun kasb etadi
Sputnik

TOShKENT, 8 noya - Sputnik. Shu kunlarda Moskvadagi "Sovremennik" teatri sahnasida qozog‘istonlik teatri gastroli yakunlandi, endilikda truppa 40-yil deganda birinchi marta O‘zbekistonga yo‘l olmoqda.

Teatr nufuzini qanday oshirsa bo‘ladi? - Mirziyoyev fikri

"Bu safarimiz ikki tomonlama qiziq bo‘ladi, - dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda teatr matbuot-kotibi Yelena Volkova. – Biz O‘zbekistonda bo‘lmaganimizga ancha bo‘lgan va shu bois safarimiz o‘zgacha istakka limmo-lim".

Sovremennik gastrollarini Alisher Usmonovga qarashli "San’at, ilm, sport" jamg‘armasi, "Katta gastrollar" Rossiya federal dasturi va O‘zbekiston Madaniyat vazirligi qo‘llab-quvvatlamoqda.

"Tri sestri" va "Neformat" spektakllari Alisher Navoiy teatri hamda O‘zbekiston yoshlar teatri sahnalarida 19-noyabrdan 24-noyabrgacha namoyish etiladi.