"IT-tashkilotlar bilan aloqalarni kengaytiring" -Dan Shextman

Nobel mukofoti sovrindori ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish yo‘llari to‘g‘risida o‘zbekistonlik yoshlar bilan o‘rtoqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. Shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Nobel mukofoti laureati Dan Shextman respublikaning IT-parkiga tashrif buyurdi.

Nobel mukofoti laureati Shextman O‘zbekistonda
Nobel mukofoti sovrindori O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Uchrashuvda Isroil davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapira, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Azimjon Nazarov, IT-park bosh direktori Farhod Ibragimov, shuningdek IT-park startap jamoalari vakillari ishtirok etdi.

IT-park vakillari ko‘plab xorijiy tadbirkorlari O‘zbekistonning startap-bozoriga bildirayotgan qiziqishlari, jalb qilingan investitsiyalar, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida tashrif buyurgan mehmonlarga gapirib berishdi. Shuningdek, IT-park startap-jamoalari professor Dan Shextmanga o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazdilar.

Professor Dan Shextman o‘z chiqishi davomida o‘zbekistonlik yosh olimlarga ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish yo‘llari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi.

So‘zining yakunida Nobel sovrindori IT-park vakillarini IT-tashkilotlar o‘rtasidagi netvorkingni kengaytirish uchun milliy IT-musobaqalarida keng miqiyosda ishtirok etishlariga undab qoldi.